Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyatning obyekti jinoiy qilmishning jamiyatga, ijtimoiy 
munosabatlarga ta’siri orqali uning ijtimoiy xavflilik xususiyatini belgilash 
imkonini beradi. 
Jinoyatning umumiy obyektiga jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 
har qanday ijtimoiy munosabatlar kiradi. Bunday ijtimoiy munosabatlar 
shaxsning hayoti, sog‘ligi, sha’ni, qadr-qimmati, davlat xavfsizligi bilan 
bog‘liq boshqa ijtimoiy munosabatlar bo‘lishi mumkin.
Amaldagi jinoyat qonunida qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektlarni 
bo‘lim va boblar bo‘yicha joylashtirilganligi holda bu masalani 
aniqlashtirgan va kengaytirgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2-moddasiga ko‘ra, 
umuminsoniy qadriyatlar jinoyat huquqiy muhofaza obyektlari bo‘lib 
hisoblanadi. Fuqarolik, ma’muriy, mehnat, moliya, soliqqa oid 
huquqbuzarliklarning obyekti esa jinoyat obyektidan kengroq hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 2- va 10-moddalariga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlikning 
obyekti, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat va jamoat tartibi, 
boshqaruvning belgilangan tartibi va hokazolar hisoblanadi. Bu huquq 
sohasining umumiy obyekti – jamiyat xayotining ma’lum bir sohasidagi 
fuqarolarning yurish-turish qoidalari hisoblanadi. 
Fuqarolik huquqining obyekti esa Fuqarolik kodeksining 2-
moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining huquqiy holati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy 
huquqlar, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquq, shartnoma 
majburiyatlari va o‘zga majburiyatlar hamda shaxsiy nomulkiy huquqlar 
kiradi. 
Soliqqa oid huquqbuzarliklar esa jamiyat va davlatning moliyaviy 
tizimiga zarar yetkazadigan ijtimoiy munosabatlardir. 
Oila huquqining muhofaza qilish obyekti oila-nikohga oid 
munosabatlar hisoblanadi. 
Intizomiy xatti-harakatlar davlat va xizmat intizomiga tajovuz 
qilinadi. Ular qonun, qonunosti aktlari va vakolatli mansabdor shaxs 
tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar bilan qo‘riqlanadi. Intizomiy xatti-
1
«Kurs sovetskogo ugolovnogo prava». – L, 1968.- Т.1. Chast Obshaya. – S. 170 


97 
harakatlar uchun javobgarlik ko‘proq mehnat qonunchiligi va harbiy 
ustavlarda nazarda tutilgan bo‘ladi. 
Demak, jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan birinchi navbatda 
obyekti bilan farq qilib, jinoyatning obyekti umuminsoniy qadriyatlar 
hisoblansa, boshqa huquqbuzarliklarning obyektlari esa ancha kengroq 
bo‘ladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling