Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
3. Jinoyatlarni tasniflash. Jinoyatlarni tasniflash deganda, jinoyatlarni u yoki bu belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratish tushuniladi. Jinoyat huquqida jinoyatlarni tasniflashda quyidagi ikki mezon nazarda tutilgan bo‘lib, jinoyat qonunida jinoyatlar aynan ana shu mezonlar asosida tasniflangan: 1. Jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash; 2. Jinoyatlarning obyekti (tajovuz qaratilgan obyekt)ga ko‘ra tasniflash; Jinoyatlarni tasniflash va guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni jinoyatlarning xususiyati va ijtimliy xavflilik darajasi hisoblanadi. Jinoyatlarni tasniflashning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi mezoni ham ikki belgi: a) aybning shakllari (qasd yoki ehtiyotsizlik); b) jinoyat kodeksida nazarda tutilgan sanksiyalar (ularning og‘irlik darajasi)ga bog‘liq bo‘ladi. 2 1 "Ugolovnoye pravo Rossiyskoy Federasii". Obshaya chast: Uchebnik / Pod. Red. B.V.Zdravomuslova – Izd. 2-е, pererab. i dop. – М.: Yurist, 1999. – S. 54-57. 2 "Ugolovnoye pravo". Obshayachast. Uchebnik / pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova - М.: Noviy Yurist, KnoRus, 1997. – S. 134,136 90 Sanksiyalarning og‘irlik darajasi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. Jinoyat kodeksi 15-moddasidagi jinoyatlarning tasnifi jinoyatning moddiy va formal belgilarini birlashtiradi. Bu esa jinoyatning ijtimoiy tarkibi va u yoki bu guruhga kirishini aniq belgilaydi. Sanksiyaning xususiyati, jazo turlari va ularning og‘irlik darajasi jinoyatning ijtimoiy tarkibini tashkil etadi, shuningdek,, jinoyatchilikka qarshi kurash yunalishlari ham jinoyat ijtimoiy tarkibining elementlaridan biri hisoblanadi. Jinoyatlarning tasnifi Jinoyat kodeksi 15-moddasida berilgan bo‘lib, unda Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismi normalari tizimini e’tiborga olgan holda jinoyatlar o‘zining xavflilik darajasiga ko‘ra yengilidan og‘iriga qarab tasniflangan. Jinoyat kodeksi 15-moddasiga muvofiq, jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar; b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar; c) og‘ir jinoyatlar; d) o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘lingan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling