Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoiy huquqqa xiloflilik


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoiy huquqqa xiloflilik qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini 
berib, aynan shu daraja orqali qilmish “jinoyat” xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Aynan ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik belgilari birgalikda 
qilmishning jinoiyligi va u uchun jinoiy javobgarlik asosini belgilovchi 
omil hisoblanadi. Formal jihatdan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, lekin 
jinoyat qonunida belgilanmagan ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat deb 
hisoblanmaydi. Shuning uchun har doim ham ijtimoiy xavflilik qilmishni 
jinoyat deb belgilash uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Bu borada huquqqa 
xiloflilik belgisining ustunligini Jinoyat kodeksi 14- moddasi 1- qismidagi 
jinoyat tushunchasiga berilgan ta’rif ham izoxlab beradi. Shuning uchun 
ham “huquqqa xiloflilik” belgisi - “jinoyatning formal belgisi” deb ataladi.
NOTA BENE! 
Huquqqa xiloflilik jinoiy qilmish tufayli huquqiy normalarning 
buzilishini ifodalaydi. Huquqqa xiloflilik shaxs tomonidan Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan normalarning buzilishi demakdir.
Shunday qilib, “huquqqa xiloflilik” o‘rniga “qonunga xiloflilik” 
tushunchasi ham ishlatilishi mumkin. Lekin jinoyat belgilarini aniqlashda 
ko‘proq “huquqqa xiloflilik” tushunchasi qo‘llaniladi. Sababi: 
birinchidan, qonunga xiloflilik faqat qonunda ko‘rsatilgan 
normalarni o‘z ichiga olsa, huquqqa xiloflilik qonun osti me’yoriy hujjat 
normalarini ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 
blanket dispozitsiyalari xaqida gap ketganda huquqqa xiloflilik belgisi 
ko‘proq to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin; 
ikkinchidan, huquqqa xiloflilik tushunchasi jinoyatni boshqa 
huquqbuzarliklardan farqlash uchun jinoyat huququning boshqa huquq 
sohalari bilan bog‘liqlikda bo‘lishini ifodalaydi; 
Uchinchidan, har qanday huquqqa xilof hatti-harakat qonunning 
buzilishiga olib keladi.
1
1
Vetrov N.I. «“Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast: Uchebnik dlya vuzov. – М.: Yuniti – DANA, Zakon i 
pravo, 1999. – S. 54 


85 
Demak, yuqoridagi fikrlarni inobatga olib quyidagicha xulosa qilish 
mumkin: 
a) 
jinoiy huquqqa xiloflilik – jinoyatning formal-yuridik 
belgisidir; 
b) bu belgi ijtimoiy xavflilik va aybning mavjudligi belgilarini 
keltirib chiqaradi; 
c) 
huquqqa xiloflilik bevosita qonuniylik prinsipidan kelib 
chiqadi; 
d) huquqqa xiloflilik Jinoyat kodeksi Umumiy qismidagi 
holatlarni e’tiborga olgan holda jinoyat huquqi normalarida ko‘rsatilgan 
qilmishlarni sodir etishni taqiqlashdan iborat; 
e) 
bu belgi har doim jinoyatning ijtimoiy xavflilik belgisi bilan 
bog‘liq bo‘ladi; 
f) 
huquqqa xiloflilik qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishga 
jinoyat huquqiy baho berilishini ifodalaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling