Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

ijtimoiy xavfliligini belgilab qo‘yilgan. 


79 
Ijtimoiy xavfli qilmish murakkab va o‘z tuzilishiga ega bo‘lgan 
ijtimoiy-huquqiy toifadir. 
Jinoyat qonuni va ilmiy adabiyotlarda qilmishning ijtimoiy xavfliligi 
qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga yetkazadigan yoki 
yetkazish xavfi mavjud bo‘lgan zararning xususiyati va miqdori bilan 
belgilanadi, deb ko‘rsatilgan. Ammo professor YU.I.Lyapunov fikriga 
ko‘ra ijtimoiy xavflilik kengroq tushuncha va ancha murakkab kategoriya 
hisoblanadi, u ijtimoiy xavflilik tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: 
“Jinoyat huquqida ijtimoiy xavflilik – bu qonun bilan 
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishning real xavfini 
o‘zida aks ettiruvchi hamda salbiy belgilar va elementlar yig‘indisini 
ifodalovchi jinoyat(chilik)ning ma’lum bir obyektiv holatidir.»
1
Ijtimoiy munosabatlarga real zarar yetkazish xavfi bo‘lgan 
jinoyatning sodir etish fakti qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilab 
beradi. 
Ijtimoiy xavflilik jinoyatning qonun chiqaruvchi va huquqni 
qo‘llovchi organlar erki bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektiv belgisidir. Lekin 
bu toifanining qonun chiqaruvchi va huquqni qo‘llovchi organlar uchun 
ahamiyati shundaki, bu toifa orqali qanday ijtimoiy xavfli qilmishning 
jinoyat ekanligi belgilanadi. 
Ijtimoiy xavflilik quyidagilarga ko‘ra belgilanadi: 
a) 
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning 
muhimligi; 
b) yetkazilgan zararning xajmi, xususiyati(xususiyati) va darajasi; 
c) 
ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyatlari
d) ayrim holatlarda – jinoyat sodir etgan subyektning 
xususiyatlari.
2
Ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasi harakat yoki harakatsizlik bilan 
birga qilmish natijasida yuzaga kelgan zararli oqibatni ham qamrab oladi. 
Shuning uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismiga kiritilgan jinoyatlar 
ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Ularning ijtimoiy xavfliligi qonun bilan 
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan 
ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar iqtisodiy, g‘oyaviy, shaxsga tegishli 
bo‘lishi mumkin. Zarar esa moddiy, ruhiy (ma’naviy) va jismoniy bo‘lishi 
mumkin. 
1
Lyapunov Yu.I. «Obshestvennaya opastnost deyaniya kak universalnaya kotegoriya sovetskogo 
ugolovnogo prava». – М., 1989, - S. 39 
2
Vetrov N.I. «“Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast: Uchebnik dlya vuzov. – М.: Yuniti – DANA, Zakon i 
pravo,, 1999. – S. 48. 


80 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling