Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Bevosita obyekt , deyilganida ijtimoiy xavfli tajovuz bevosita 
qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Aynan jinoyatning bevosita 
obyektini to‘g‘ri aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat 
kasb etib, jinoyatga yarasha jazo tayinlashda muhim o‘rin tutadi. 
Jinoyat sodir etilayotganida birdaniga bir necha bevosita obyektlarga 
zarar yetkazilishi mumkin. Ayrim hollarda bu jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishga ta’sir etsa, boshqa hollarda ta’sir etmaydi, ammo jazo 
tayinlanishida hisobga olinishi lozim. Masalan, bosqinchilik (Jinoyat 
kodeksi 164-moddasi) ikkqi obyektli jinoyat hisoblanadi. Boskinchilik
sodir etishda aybdor shaxs o‘zgalar mulkiga tajovuz qilish bilan birga 
jabrlanuvchining sog‘lig‘iga ziyon yetkazadi. Bir jinoyat sodir etilganida 
bir necha obyektga zarar yetkazilgan bo‘lsa, obyektlar ichidan yetkazilgan 
zararning muhimligini Jinoyat kodeksi Maxsus qismidan aniqlanadi va u 
bevosita obyekt hisoblanadi. 
Jinoyatning bevosita obyektini jinoyat huquqi nazariyasida 3 turga 
bo‘lib o‘rganiladi : 
1)asosiy bevosita obyekt; 
2)qo‘shimcha bevosita obyekt; 
3)fakultativ bevosita obyekt. 
Agar jinoyatning bevosita obyekti bitta emas, balki bir nechta bo‘lsa, 
ulardan biri asosiy obyekt hisoblanadi. Chunonchi, bezorilikning asosiy 
obyekti jamoat tartibi, bosqinchilikniki mulk, yolg‘on xabar berishniki odil 
sudlov organlarining to‘g‘ri ishlashidir. Mana shu asosiy obyekt konkret 
jinoyatni Jinoyat kodeksining tegishli bobiga kiritish uchun asos bo‘ladi.


122
Ikki obyektli jinoyatlarda zarar asosiy obyektdan tashqari boshqa 
obyektga ham yetkazilib, u qo‘shimcha obyekt hisoblanadi. Qo‘shimcha 
obyekt murakkab tarkibli jinoyatlarda bo‘lib, boshqa jinoyat tarkibidan 
ajratishda muhim ahamiyatga egadir. 
Jinoyat huquqi nazariyasida yana fakultativ obyekt degan tushuncha 
ham bor. Bu shunday ijtimoiy munosabatdirki, jinoyat sodir etilganda 
ma’lum zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Masalan, 
bezorilik (277-modda) sodir etilganda, aybdor tomonidan shaxsning 
sog‘lig’iga zarar yetkazilishi yoki yetkazilmasligi ham mumkin. Shuning 
uchun fakultativ obyekt shunday obyektki, shu obyektsiz qilmish muayyan 
jinoyat tarkibini tashkil etmasligi ham mumkin. 
Ayrim hollarda jinoyatning bevosita obyekti jinoyat huquqiy 
normada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Jinoyat kodeksining 157-moddasi 
“Davlatga xoinlik qilish” deb atalgan. Bu moddada yozilishicha:“Davlatga 
xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston 
Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa 
salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetkazish...” yoki Jinoyat kodeksining 
158-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga 
tajovuz qilish” uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bu jinoyatlarda 
bevosita obyekt to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, bular O‘zbekiston 
Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotidir. 
Ko‘p hollarda jinoyat-huquqiy normada bevosita obyekt to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun moddalar joylashuviga qarab 
jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mohiyati va yuridik tahlili asosida Jinoyat 
kodeksining Maxsus qismida ko‘zda tutilgan jinoiy javobgarlikni 
belgilovchi norma aniqlanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling