Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


 Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

5. Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilari 
Agar qonun chiqaruvchi qonunning tegishli moddasida jinoyat 
tarkibida fakultativ belgilardan aqalli bittasini ko‘rsatsa, u holda bu belgi 
jinoyatning zaruriy belgisi bo‘lib qoladi. Muayyan qilmishning sodir 
etilishida bu belgining yo‘qligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining 
yo‘qligini anglatadi. 
Jinoyatning obyektiv tomonini to‘la tavsif etish uchun jinoyat sodir 
etilgan joy, vaqt, usuli, vaziyat va qo‘llanilgan vositalar kabi jinoyat 
obyektiv tomonining fakultativ belgilarini ko‘rib chiqish kerak. 
Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilari muayyan jinoyat 
tarkibining zaruriy va zaruriy bo‘lmagan belgilari bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgisi qonunda ko‘rsatilganida, 
shunday belgisiz sodir etilgan qilmish uchun shaxsni javobgarlikka tortish 
mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun fakultativ belgilarning yuridik 
Obyektiv tomonning
zaruriy belgilari
Ijtimoiy xavfli 
qilmish 
Ijtimoiy xavfli 
oqibat 
Ijtimoiy xavfli qilmish 
bilan oqibat o’rtasidagi 
sababiy bog’lanish 
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilari 
Jinoyat sodir 
etish usuli 
Jinoyat sodir 
etish qurollari 
Jinoyat sodir 
etish 
vositalari 
Jinoyat sodir 
etish joyi 
Jinoyat sodir 
etish vaqti 
Jinoyat sodir 
etish vaziyati


143
ahamiyati shundaki, ular jinoyat obyektiv tomonining zaruriy yoki zaruriy 
bo‘lmagan belgisi hisoblanadi. Zaruriy yoki fakultativ belgilar ayrim 
hollarda jinoyatning zaruriy belgilari hisoblansa, boshqa hollarda sodir 
etilgan jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib, 
jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. 
Fakultativ belgi jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanmaganida 
jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmasa-da, jazo tayinlanishida 
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida 
hisobga olinishi mumkin va lozim. 
Fakultativ belgilar ichida usul va vosita qilmishning vujudga 
kelishiga bevosita bog‘liqdir. Bu ikki belgi qilmishning bevosita 
xususiyatini anglatadi. Jinoyat sodir etilgan joy, vaqt va sharoit jinoyat 
qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga jinoiy tajovuz 
amalga oshiriladigan sharoitlar sifatida namoyon bo‘ladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling