Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyat sodir etilgan joy
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt
Jinoyat sodir etilgan joy, deyilganida jinoyat boshlangan yoxud
jinoiy oqibat ro‘y bergan muayyan hudud yoki bino tushuniladi. Ayrim hollarda jinoyat sodir etilgan joy ijtimoiy xavfni qilmishning zaruriy belgisi hisoblanadi. Masalan, ozodlikdan max;rum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar(Jinoyat kodeksining 220-moddasi) (bu qilmish faqat ozodlikdan mahrum qilish muassasalaridagina sodir etilishi mumkin); ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish(222-modda) bunga misol bo‘la oladi. Jinoyat sodir etilgan joy jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jinoyat kvalifikatsiyasi ham shunga asosan hal qilinadi. Masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarida, o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, studentlar o‘quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilganida(Jinoyat kodeksi 273-moddasi 3-qismi) joy jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida qatnashadi. Jinoyat sodir etilgan joyning aniqlanishi jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilish masalasini hal qilishida, jinoyat bir joyda sodir etilib, uning jinoiy oqibatlari boshqa joyda ro‘y bergan hollarda, O‘zbekiston hududidan tashqarida yoki boshqa chet davlat hududidan tashqaridagi 146 havo, dengiz yoki daryo kemalarida sodir etilganligini hal etishda katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt deyilganda nafaqat yilning, kunning ma’lum bir vaqti tushunilmasdan, jinoyat sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarligiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadigan hodisalar yuz bergan muayyan davr tushuniladi. Masalan, jinoyatni harbiy xizmatni o‘tash vaqtida, favqulodda holat vaqtida sodir etganlik, shubhasiz, javobgarlikni kuchaytiradi. Onaning tug‘ish vaqtida yoki tug‘ishi hamon o‘z chaqalog‘ini o‘ldirganida vaqt qilmishni Jinoyat kodeksi 99-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega. Agar shaxs tuqqanidan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin o‘z chaqalog‘ini o‘ldirsa, u holda uning harakatlari Jinoyat kodeksi 97-modda bilan kvalifikatsiya qilinadi, aybdor qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Jinoiy bezorilik, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 277-moddasining 3-qismi “v” bandi bo’yicha kvalifikatsiya qilinadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling