Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Sababiy bog‘lanish va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

4. Sababiy bog‘lanish va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati 
Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan 
uchinchisi-sababiy bog‘lanishdir. Sababiy bog‘lanish sodir etilgan 


139
ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida kelib chiqqan ijtimoiy xavfli 
oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikdir. 
Jinoyat huquqida jinoiy oqibatlarni kelib chiqishiga sabab va sharoit 
bo‘lib, faqatgina jinoyat sub’yektining harakat yoki harakatsizligi 
hisoblanadi. Hech qanday tabiat kuchlari, aqli noraso shaxslar, hayvonlar 
yoki mexanizmlarning harakati jinoyatning sababi bo‘la olmaydi. Shunisi 
bilan jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish jinoyat ishida sud ekspertlari 
tomonidan aniqlanadigan sababiy bog‘lanishdan farqlanadi. Masalan, 
odam o‘ldirish bilan bog‘liq barcha ishlarda sud tibbiy ekspertizasi 
o‘tkaziladi va unda o‘lim kelib chiqishining biologik sabablari aniqlanadi. 
Sud tibbiy ekspertizasi “Ana shu shaxsning harakatlari o‘lim kelib 
chiqishiga sabab bo‘lganmi?”-degan savolni qo‘ysa sud yoki tergovchi 
qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Bu savolga javobni jinoyatni tasniflash 
vaqtida sud yoki tergovchi o‘zi beradi. Sud tibbiy ekspertizasi esa quyidagi
xulosalarni beradi: uyqu arteriyasiga qattiq o‘tkir jism bilan urish oqibatida 
ko‘p qon yo‘qotilib, yurak to‘xtashiga olib kelgan va o‘lim kelib 
chiqishiga sabab bo‘lganmi? Bu ma’lomotlarga asoslanib tergovchi yoki 
sud gumon qilinuvchining(ayblanuvchi, sudlanuvchi) tegishli 
harakati(harakatsizligi) jarlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan-
bo‘lmaganligini aniqlaydi. 
Shaxsning harakat(harakatsizligi) natijasida g‘ayriijtimoiy, zararli 
oqibatlar kelib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar harakat 
ijtimoiy foydali yoxud ijtimoiy neytral bo‘lsa unda sababiy bog‘lanishni 
aniqlash kerak emas. Misol uchun:
1) Agar oshxonaga yashirincha tushayotgan o‘smir qorovulning 
baqirishi oqibatida qochib ketayotib oyog‘ini sindirib olgan bo‘lsa 
qorovulning harakatlarini og‘ir tan jarohati yetkazilishida sabab bo‘lgan 
deb topib bo‘lmaydi. 
2) P. mast yotgan D.ni o‘rnidan turg’azib, uyi tomon 
yo‘naltirganidan so‘ng P. ko‘rmaydigan masofada D. mashina ostiga 
tushib qolishi kabi harakatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud emas. 
Kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat uchun jinoiy javobgarlik 
masalasi faqat bu oqibat aynan shu qilmish sodir etilishi natijasida kelib 
chiqqanligi aniqroq so‘ng ko‘rsatilishi mumkin. 
Agar oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish natijasida emas, 
balki boshqa sabablar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, u holda bu oqibatlar 
ushbu qilmishni sodir etgan shaxsga yuklatilishi mumkin emas. Masalan, 
shaxsning badaniga shikast yetkazilgan va u tibbiy yordam uchun vrachga 
murojaat qilgan va qon qo‘yish natijasida OITS(SPID) kasalligi 


140
yuqtirilganida badanga shikast yetkazgan shaxs jabrlanuvchining 
OITS(SPID) bilan kasallanganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, chunki 
uning harakatlari bilan jabrlanuvchining OITS(SPID) bilan kasallanishi 
o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘q. Jabrlanuvchi bu kasallikka tibbiyot 
xodimining beparvoligi yoki o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaralganligi 
tufayli yo‘liqqan. 
Ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning zararli oqibatdan ilgari 
amalga oshirilishi sababiy bog‘lanishning muhim belgilaridan biridir. 
Zararli oqibat esa ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning natijasi 
bo‘lib, u ayni vaqtda yoki keyin sodir bo‘ladi. Aks holda ijtimoiy xavfli 
harakat yoki harakatsizlik bilan zararli oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish 
mavjud bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va kelib 
chiqqan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash sud-tergov 
amaliyotida unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi, chunki oqibatlar (masalan, 
hayotga tajovuz qilinganida hayot uchun muhim a’zolarga o‘q otish yo‘li 
bilan odamni o‘ldirish, sovuq qurol bilan badanga shikast yetkazish) 
ma’lum va aniq ko‘rinib turadi. Ammo ayrim hollarda sababiy 
bog‘lanishni aniqlash anchagina murakkab ish bo‘lib, ekspertiza o‘tkazish 
talab etiladi. Bu ko‘proq avtotransport harakati xavfsizligi qoidalarini 
buzish tufayli sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda qo‘llaniladi. 
Sababiy bog‘lanish faqat harakat bilan sodir qilinadigan 
jinoyatlardagina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi 
hisoblanadi. 
Harakatsizlik bilan qilinadigan jinoyatlardagi sababiy bog‘lanishni 
aniqlashda quyidagi xususiyatlar ko‘zda tutiladi:
1) shaxsga muayyan harakatlar qilish majburiyati yuklatilganligi ; 
2) bu harakatni qilmaslik natijasida shu jinoyat tarkibi uchun 
qonunda belgilangan zararli oqibatning yuz bergan bo‘lishi ; 
Sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim: 
1. 
Oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki 
harakatsizik) natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak 
2. 
Kelib chiqqan oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning 
yoxud bu qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli oqibat kelib 
chiqishining real xavfi bo‘lishi kerak. Agar jinoiy oqibat ijtimoiy xavfli 
qilmishning natijasi bo‘lmasa, ya’ni uning sodir etilishi natijasida obyektiv 
tarzda oqibatning kelib chiqishi real bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas. 


141
Harakatsizlik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyatlarda sababiy bog‘lanish 
muammolari xuddi faol harakat bilan jinoiy qilmish sodir etishdagi kabi 
hal etiladi. 
Qilmishning g‘ayriijtimoiy, huquqqa xilofligi yoki axloqqa zid 
ekanligini aniqlash qilmish va jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy 
bog‘lanishni tadqiq qilishning birinchi bosqichini tashkil qiladi. 
Tadqiqotning ikkinchi bosqichi g‘ayrihuquqiy va axloqqa zid 
qilmish zararli oqibatlarni kelib chiqishiga kerakli sharoit yaratganligini 
aniqlashni o‘z ichiga oladi. O‘zganing mulkini ehtiyotsizlik orqasidan 
nobud qilishda, uyga ketayotib elektr plitkani choynagi bilan yoniq holatda 
qoldirib ketgan farroshni javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Chunki 
ekspertiza tomonidan aniqlanishicha omborga omborxona mudiri 
tomonidan rastratani yashirish niyatida, farroshning yong’in xavfsizligi 
qoidalarini buzishidan foydalangan holda o‘t qo‘yib yo‘q qilingan. Bu 
holatda farrosh yong’in xavfsizligi qoidalarini buzgan. Biroq uning 
harakatlari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmaganligidan qat’i nazar 
yong’in boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan. 
Sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlashning uchinchi bosqichi, 
haqiqatdan ham qilmish aynan jinoiy oqibatning sababi bo‘lganligini 
aniqlashdan iboratdir. 
Harakatsizlikdagi sababiy bog‘lanishni aniqlash o‘ziga xos 
xususiyatga egadir. Agar harakatda shaxs qurol yoki vositalarni ishlatgan 
holda tashqi dunyoda bevosita o‘z kuchi bilan o‘zgarishlar qilsa, 
harakatsizlikda esa shaxs faol o‘zgartiruvchi harakatlarini amalga 
oshirmasa-da, tashqi tabiat kuchlariga, hayvonlarga, mexanizmlarga va 
boshqa shaxslarga zarar yetkazilishi uchun imkoniyat yaratadi. 
Harakatsizlik va jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash 
bosqichlari va shartlari harakatdagi bilan bir xildir. Biroq jinoiy 
harakatsizlikning o‘ziga xosligigini inobatga olmoq darkor, ya’ni shaxs 
zararli oqibatlarni kelib chiqishining oldindani olishga majbur bo‘lgan 
yoki imkoniyati bo‘lganligini aniqlamoq kerak bo‘ladi. 


142

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling