Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
2. Ijtimoiy xavfli qilmish
Ijtimoiy xavfli qilmish – bu insonning ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazuvchi tashqi dunyodagi g‘ayriqonuniy, ongli, faol yoki nofaol xulq- atvoridir. Qilmish har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har qanday jinoiy qilmish ijtimoiy xavflidir, qilmishning bunday xavfliligi uning qonun bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi, eng avvalo, yetkazilgan zararning hajmi va tajovuz qilingan obyektning qiymati bilan belgilanadi. Qilmish – bu insonning ongli xulq-atvoridir. Shuning uchun jinoyat huquqiy ma’noda qilmish deyilganda ongli, shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan tana harakati tushuniladi. Har qanday jinoyat o‘zining obyektiv belgilariga ko‘ra ijtimoiy xavfli harakat yoki passiv xulq(harakatsizlik) yo‘li bilan sodir etiladi. Ijtimoiy qilmishning keng tarqalgan turi bu harakatdir. Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarning uchdan ikki qismiga yaqini harakat orqali sodir etiladi. Har bir harakat negizida inson tomonidan ma’lum maqsadlar sari, ongli yo‘naltirilgan tana harakati 129 yotadi. Jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat bilan tana harakati o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Lekin ular bir xil emas. Instinktiv, reflektor va impulsiv tana harakatlari ong bilan boshqarilmaganligi va inson erki bilan yo’naltirilmaganligi uchun, jinoyat huquqiy ma’nodagi harakatni keltirib chiqarmaydi. O‘z navbatida jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat birgina ongli va irodaviy tana harakati bilan cheklanmaydi, balki u o‘zida tana harakatlarining o‘zaro bog‘liq tizimini o‘zida aks ettiradi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligini vujudga keltiradi. Harakat shaxsning xulq-atvori, uning ongli ravishda sodir etiladigan xatti-harakati bo‘lib, imo-ishora, til, qo‘l va oyoq bilangina emas, balki boshqa narsalar vositasi bilan ham qilinishi mumkin. Masalan, odam o‘ldirish yoki badanga shikast yetkazish uchun avtomashinadan foydalanish, itga qoptirish va hokazolar. Jinoiy harakatning obyektiv chegarasi to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiy ham bo‘lgan harakat irodaviy va ongli tana harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi. Bunday harakatlar sirasiga nafaqat himoya qilinadigan obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan va Maxsus qism moddalarida tamom bo‘lgan jinoyatlar sifatida aks ettirilgan harakatlar, balki, jinoyat sodir etishga yetarli sharoit yaratib beruvchi harakatlar ham kiradi: tayyorgarlik harakatlari, tashkilotchilar, dalolatchilarning harakatlari. Harakatning oxiri deganda uning tugashi(bunga aybdorning erkiga bog‘liq bo‘lmagan harakatlar ham kiradi) yoki zararli oqibatlarning kelib chiqishi yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiylik xususiyatini yo‘qotishi tushuniladi. Jinoyat-huquqiy harakatlar tashqi tomondan inson, hayvon yoki moddiy predmetga jismoniy ta’sir qilish shaklida ifodalanishi mumkin. Jinoyat kodeksidagi 90% jinoyatlar shunday shaklda sodir etiladi. Jinoyat huquqiy harakat muayyan so‘z yoki iboralarni yozish yoki aytishda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, tuhmat, haqorat. Ba’zida boshqa odamlar ham ijtimoiy xavfli harakat vositasi bo‘lishi mumkin. Masalan, aqlidan noraso yoki kichik yoshdagi bolalar o‘t qo‘yishga yoki odam o‘ldirishga dalolat qilinganida, dalolatchi o‘sha jinoyatni bevosita sodir qilishda ayblanadi. Aqli noraso yoki sub’yekt yoshida bo‘lmagan shaxslar esa o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini tushunmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling