Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB: JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

6-BOB: JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI 
 
1.Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi 
 
Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy-xavfli qilmishning tashqi 
tomoni bo‘lib, jinoyatning qanday sodir etilganligini ko‘rsatadi. Aynan 
ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan 
ajratish imkonini beradi, chunki bitta obyektga qilingan tajovuz ijtimoiy 
xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, o‘g‘rilik yashirin sodir etilsa, talonchilik ochiqdan-ochiq, 
bosqinchilik esa jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazilishiga olib 
kelgan hujum qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Jinoyatning obyektiv tomoni asosan O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasi va bandlarida 
ko‘rsatiladi. Aynan moddaning dispozitsiyasida jinoyatning obyektiv 
tomoni ta’riflanadi yoki ko‘rsatiladi. 
Har qanday jinoyat turli harakat, ayrim hollarda esa harakatsizlik 
orqali sodir etiladi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish ko‘pchilik hollarda 
faol harakat orqali sodir etiladi (pichoq urish, quroldan o‘q otish, 
qandaydir narsa bilan qattiq jarohat yetkazish, bo‘g‘ish va hokazolar), 
ammo xuddi shunday o‘lim harakatsizlik (onaning o‘z chaqalog‘ini 
qasddan ovqatlantirmasligi, yordamga muhtoj holda yotgan shaxsni 
yordamsiz qoldirish va boshqalar) natijasida ham kelib chiqishi mumkin. 
Ya’ni har qanday ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlik 
natijasida sodir etilishi mumkin. 
Ayrim hollarda jinoyatning oxiriga yetkazilgan deb topilishi uchun 
qandaydir aniq oqibat yuzaga kelishi kerak (moddiy tarkibli jinoyat), 
boshqa hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli “qilmishning o‘zi” 
(oqibatning kelib chiqishi talab qilinmaydi, formal tarkibli jinoyat) uchun 
javobgarlik belgilanadi. Ko‘rinib turibdiki, aynan jinoyatning obyektiv 
tomoni qilmishning moddiy yoki formal tarkibli jinoyat ekanligini farqlash 
imkonini beradi. Bundan xulosa qilib, har qanday jinoyatning obyektiv 
tomoni qilmishdan iboratdir, desak xato bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish 
har qanday jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisidir. 
Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi 
ijtimoiy xavfli qilmishdan tashqari ijtimoiy xavfli oqibat va ro‘y bergan 
oqibat bilan qilmish o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjud ekanligi 
hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlar uchun qilmishning o‘zi yetarli va 
oqibatning ro‘y berishi talab qilinmaydi. 


128
Ayrim hollarda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga 
jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, sharoit, foydalanilgan vosita va qurollar 
ham ta’sir etadi. Ayrim hollarda bu holatlar jinoyatning zaruriy belgisi, 
boshqa hollarda esa javobgarlikni og‘irlashtiridigan holat bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat obyektiv tomonining yuqorida aytilgan fakultativ belgilari, 
agar jinoyatning zaruriy belgilari bo‘lmasa yoki aybdor javobgarligini 
og‘irlashtirmasa, jazo tayinlashda hisobga olinishi mumkin. 
Demak, ta’kidlab o‘tish lozimki, moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv 
tomonining zaruriy belgilari quyidagilardan iborat: 
1)ijtimoiy-xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik); 
2)ijtimoiy-xavfli oqibat; 
3)ijtimoiy-xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi 
sababiy bog‘lanish. 
Formal tarkibli jinoyatlarning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli 
qilmish(harakat yoki harakatsizlik)dir. 
Moddiy va formal tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining fakultetiv 
belgilari jinoyat sodir etish joyi, vaqti, sharoiti, vositasi, usuli va 
hokazolardir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling