Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jismoniy zo‘rlik, deganda shaxsning boshqalarning jismoniy 
ta’sirida jamiyat uchun xavfli qilmishlarning amalga oshirishi tushuniladi 
va bunda jismoniy ta’sir uning ixtiyorini butunlay olib qo‘yadi (masalan, 
jinoyatchilar qorovulning qo‘l oyoqlarini bog‘lab narsalarni o’g‘irlab 
ketadi). Bunday holat qorovulning jinoiy javobgarligini istisno qiladi. 
Chunki bunda kelib chiqqan oqibat shaxsning ixtiyoridan tashqarida yuz 
beradi. Agar shaxs jinoyatni bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo‘la turib, 
jismoniy zo‘rlash natijasida undan foydalanmagan bo‘lsa, jinoiy 
javobgarlikni istisno qilmaydi. Sud tomondan jazo tayinlashda 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasiga muvofiq 
holda jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida hisobga olinishi mumkin. 
Masalan, ijtimoiy xavfli qilmish zaruriy mudofaa holatda sodir 
etilgan taqdirda shaxs javobgarlikka tortilmaydi. 
Ruhiy zo‘rlik, deyilganida shaxsni o‘ldirish moddiy yoki ma’naviy 
zarar yetkazish bilan qo‘rqitilishi natijasida sodir etgan harakat yoki 
harakatsizligi tufayli ijtimoiy xavfli oqibatning ro‘y berishi tushuniladi. 
Ruhiy ta’sir natijasida yetkazilgan zarar uchun aybdor oxirgi zarurat 
hollaridan tashqari barcha hollarda javobgarlikka torgiladi. Sud jazo 
tayinlayotganda bu holatlarni javobgarlikni yengillashtiruvchi holat 
sifatida e’tiborga olishi kerak. Qilmishning ijtimoiy xavfli bo‘lishi yangi 
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkaza oladigan darajada xavfli bo‘lishi kerak. 
Qilmishni jinoyat deb topish uchun uning ijtimoiy xavflilik darajasi 
yuqori bo‘lib, aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksida muayyan jazo 
belgilangan bo‘lishi kerak. Odatda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi 
jinoyat huquqiy norma sanksiyasida ifodalangan bo‘ladi. Shubhasiz, 
jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil bo‘lmaydi (masalan, 
hayotga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi sog‘liqqa qarshi 
jinoyatlarga nisbatan yuqori va boshqalar). 
Jinoyat kodeksida ijtimoiy xavfli deb ko‘rsatilgan qilmishlarning 
qat’i ro‘yxati berilgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida ba’zi 
qilmishlar ijtimoiy xavfliligini yo‘qotib, dekriminalizatsiya qilinsa, ya’ni 
Jinoyat kodeksidan chiqarilsa, boshqalari ijtimoiy xavfli deb, 


132
kriminalizatsiya qilinishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksidan 
chayqovchilik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan modda olib tashlandi
chunki O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida bu qilmish o‘zining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini yo‘qotdi yoki 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat 
kodeksida birinchi marta odamlardan foydalanish uchun yollashning 
ijtimoiy xavfi ortganligi munosabati bilan javobgarlik belgilanadi (Jinoyat 
kodeksi 135-moddasi). 
Jinoiy qilmish har doim faqat ijtimoiy xavfli bo‘libgina qolmasdan, 
balki gayriqonuniy harakat hamdir, ya’ni jinoyat-huquqiy normalar bilan 
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilishdir. 
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi, g‘ayriqonuniyligi, jinoiy jazoga 
sazovorligi va ayblilik jinoyatining zaruriy belgilaridir. 
Ijtimoiy xavfli qilmish ijtimoiy xavflilik va g‘ayriqonuniy 
belgilarisiz sodir etilgan hollarda jinoyat tarkibi ham bo‘lmaydi. Demak, 
qilmish javobgarlikni istisno qiluvchi hollarda sodir etilsa, jinoyat tarkibi 
ham mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat kodeksining 35-moddasida 
belgilanishicha:”Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar 
rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gayriqonuniy 
yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb 
topiladi”. 
Quyidagi holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarga 
kiradi: kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat; ijtimoiy 
xavfli jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish; 
buyruqni yoki boshqa tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik . 
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarda sodir etilgan 
qilmishlar asosan foydali harakatlardir. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan ko‘pchilik 
jinoyatlar ma’lum shaxslarning harakatlari, ya’ni faol xulki natijasida sodir 
etiladi. Muayyan moddada javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoiy harakat bir 
harakatni sodir etish natijasida vujudga kelishi yoki qator harakatlardan 
(masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi: qiynash, muttasil ravishda 
do’pposlash, ya’ni do’pposlashning uch yoki undan ko’p marta sodir 
etilishi) iborat bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb topish uchun uni sodir etish bir 
harakat yoki bir necha harakatlardan iborat bo‘lganligining ahamiyati 
yo‘q. Ko‘pchilik hollarda jinoiy harakat ya’ni pichoq urish, sovuq qurol 
ishlatish va boshqa yo‘llar bilan sodir etiladi. Biroq, jinoiy harakat so‘z 


133
bilan, imo-ishoralar orqali (bezorilik, haqorat, o‘ldirish bilan qo’rqitish va 
boshqalar) sodir etilishi ham mumkin. 
Qilmish harakatsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin. Odatda, 
harakatsizlik shaklidagi qilmishlar shaxsning mansab yoki kasb bilan 
bog‘liq vazifalarini yetarlicha bajarmasligi natijasida orqasidan kelib 
chiqadi. Masalan, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada 
bajarmaslik(116-modda); xavf ostida qoldirish(117-modda); mulkni 
qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish(172-modda); mansabga 
sovuqqonlik bilan qarash(207-modda); hokimiyat harakatsizligi(208-
modda); sud qarorini bajarmaslik(232-modda); jinoyat haqida xabar 
bermaslik yoki uni yashirish(241-modda) va boshqalar. Shu munosabat 
bilan harakatsizlik shaklida sodir etilgan har bir qilmishda aybdor shaxs 
muyyyan majburiyatlarini, vazifalarini buzganligini aniqlash, u ma’lum bir 
tarzda harakat qilishi lozimligini, xulqi e’tiborga olingan holda jinoiy 
javobgarlik masalasi hal qilinishi lozim. Masalan, Jinoyat kodeksining 
207-moddasi bo’yicha shaxsni mansabga sovuqqonlik bilan qaraganligi 
uchun javobgarlikka tortish uchun mansabdor shaxsning kishilar, davlat va 
jamoat manfaatlariga yetkazilgan zarari qanday majburiyatlarni buzganligi 
natijasida kelib chiqqanligini aniqlash kerak. Agar bu qilmishning 
oqibatlari mansabdor shaxsning o‘z vazifalarini buzishi natijasida vujudga 
kelgan bo‘lsa, u holda uning harakatsizligi jinoyat hisoblanadi. Qonun 
yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan 
shaxsning uzrli sabablarsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi(116-
moddasining 2-qismi) bunga misoldir. Bu holda vrach yoki tibbiy xodim 
ushbu yordamga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatishi shartdir. 
Muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati quyidagilardan 
kelib chiqadi: 
1. 
qonundan; 
2. 
tajriba yoki xizmat vazifasidan; 
3. 
shartnomadan; 
4. 
oldindangi xulq-atvori dan kelib chiqadi. 
5. 
qarindoshlik munosabatlaridan kelib chiqadi. 
Jinoiy harakatsizlikning boshlanishi muayyan harakatni amalga 
oshirishga majbur va bunga imkoniyati bo‘lgan shaxs tomonidan uni 
amalga oshirmaslik oqibatida jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan 
obyektga zarar yetkazish hisoblanadi. Harakatsizlik zarar yetkazish bilan 
yoki uni yetkazish xavfining yo‘qolishi bilan tugaydi. Harakatsizlikning 
boshlanishi va tugash vaqtini aniqlash ishtirokchilik, jinoyatdan ixtiyoriy 
qaytish va boshqa shu kabi masalalarni hal qilishda ahamiyatga egadir. 


134
Jinoyat huquqiga oid adabiyotlarda “aralash harakatsizlik” 
tushunchasi qo‘llaniladi. Bunday holatda jinoyat-huquqiy harakatsizlik 
murakkab xususiyatga egadir. Har doim ham harakatsizlik mutloq passiv 
bo‘lavermaydi. Zimmasiga huquqiy majburiyat yuklatilgan shaxs 
tomonidan ana shu majburiyatni to‘liq bajarmaslik yoki tegishli shaklda 
bajarmaslik ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Misol uchun: 
mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida, mansabdor shaxs o‘z 
majburiyatini tegishli shaklda bajarmaydi. 
Jinoyat kodeksi 117-moddasida hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida 
qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyati bo‘lmagan shaxsga yordam 
ko‘rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi 
shart va bunday imkoniyatga ega bo‘lsa yoxud aybdorning o‘zi 
jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo’ygan va ushbu moddaning 1 va 2-
qismlaridagi oqibatlarni keltirib chiqarsa, jinoiy harakatsizlik sodir 
qilingan hisoblanadi. Bu holda shaxsning zimmasidagi ma’lum tarzda 
harakat qilish majburiyati qonun mazmunidan kelib chiqadi. Demak, jinoiy 
harakatsizlik shaxsning qonun, shartnoma, kelishuv va boshqalar bo’yicha 
ma’lum harakatlarni bajarmasligi yoki uning mansab, kasbiy vazifalarini 
hisobga olgan holda bajarmasligida ifodalanadi. 
Uzoqqa cho‘zilgan, davomli va murakkab jinoyatlarning obyektiv 
tomoni ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning qator xususiyatlari 
bilan ifodalanadi. 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deb ma’lum davrgacha cho‘zilgan jinoiy 
harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Bu jinoyat muayyan jinoiy harakat 
yoki harakatsizlik bilan boshlanadi. 
Jinoyat qonunida aybdorga yuklatilgan majburiyatning uzoq vaqt 
davomida bajarilmay kelishidan iborat harakatsizlik ham uzoqqa 
cho‘zilgan jinoyat deyiladi. Masalan, aliment to‘lash to‘g‘risidagi sud 
qarorini qasddan bajarmay yurish, tayyorlanayotgan yoki sodir bo‘lgan 
ayrim jinoyatlar haqida xabar bermaslik va x.k. 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar jinoiy harakat yoki harakatsizlik sodir 
etilgan vaqtidan boshlanib, aybdorning o‘zi shu harakatni to’xtatishi yoki 
jinoyatga tushkunlik qiluvchi biron voqea yuz berishi bilan tamomlanadi. 
Davomli jinoyat deb bir maqsadga erishish uchun bir-biriga o’xshash 
bir necha harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatga aytiladi. Bu jinoyatlarning 
har biri alohida olinganida mustaqil jinoyat tarkibining obyekti bo‘lishi 
mumkin. 
Davomli jinoyat biror harakatning sodir bo‘lishi bilan boshlanib, 
oxirgi jinoiy harakat bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. 


135
Murakkab jinoyat deb ikki yoki undan ko‘p alohida jinoyat belgisi 
bo‘lgan, lekin sodir qilinishdagi harakatlar bir-biriga yaqin aloqadorligi 
sababli bir butun jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatga aytiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling