Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyatning sodir etish usuli


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyatning sodir etish usuli ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv 
tomonining fakultativ belgilaridan biridir. 
Jinoyatni sodir etish usuli uning qanday sodir etilganligi, uning 
tartibi, uslubini ko‘rsatadi. Jinoyatni sodir etish usuli qonunda muayyan 
jinoyatning javobgarlikni og‘irlashtiruvchi(kvalifikatsiyalovchi) belgisi 
sifatida ko‘rsatilishi mumkin. 
Jinoyat sodir etilishining usuli ko‘p hollarda uning zaruriy belgisi 
sifatida muayyan jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi 
mumkin (masalan, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish(Jinoyat 
kodeksi 103-moddasi) uchun javobgarlik faqat moddiy tomondan yoki 
boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmagan shaxsga rahmsiz muomala 
qilish yoki uning sha’n va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish 
yo‘li bilan amalga oshirilganda; bosqinchilik(Jinoyat kodeksi 164-
moddasi), ya’ni o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum 
qilib, tovlamachilik(Jinoyat kodeksi 165-moddasi), ya’ni jabrlanuvchi yoki 
uning yaqin kishilariga zo’rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki 
nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan 
ma’lumotlarni oshkor qilish yo‘li bilan qo‘rqitib, o‘zgadan mulkni yoki 
mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy 
yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z 
mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga 
solib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirish; talonchilik(Jinoyat kodeksi 168-
moddasi), ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish va 
boshqalar). Bu mulkka qarshi jinoyat tarkiblarida jinoyat sodir etish 


144
usullari universal belgi hisoblanib, talon-toroj qilishning bir shaklidan 
ikkinchisini farqlash imkonini beradi. 
Ayrim hollarda jinoyatni sodir etish usuli jazoni og‘irlashtiruvchi 
holat hisoblanadi (masalan, Jinoyat kodeksi 97-moddasi) qasddan odam 
o‘ldirish quyidagi hollarda javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatda sodir 
etilgan hisoblanadi: a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan 
usulda; b) o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish; tuhmat, nashr qilish yoki 
boshqacha ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali 
sodir etilsa (Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi), zo‘rlik ishlatib 
ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi), jismoniy 
a’zob berish yo‘li bilan sodir etilsa va boshqalar). 
Jinoyat sodir etish usuli muayyan jinoyatning zaruriy yoki 
kvalifikatsion belgisi bo‘lsa, va u noto‘g‘ri aniqlanganida hukmni 
o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi. 
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilaridan yana biri jinoyat 
sodir etish vositasidir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling