Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
3. Jinoyat sub’yektining yoshi Jinoyat qonuni bo’yicha javobgarlikka tortish yoshiga yetgan shaxsgina jinoyatning sub’yekti deb hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi ma’lum bir yoshni belgilash vaqtida shaxsning hayotiy tajribasi, psixofiziologik va ijtimoiy-ruhiy holatining darajasini hisobga olgan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunida birinchi marta jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘lishi uchun sub’yekt yoshining to’rt darajasi belgilangan. Jinoyat kodeksining 17-moddasi 1-qismiga ko‘ra jinoyat qilgunga qadar 16 yoshga to‘lgan shaxs javobgarlikka tortiladi. 155 Jinoyat kodeksida ko‘pchilik jinoyatlar uchun javobgarlik 16 yoshdan belgilangan. Jinoyat kodeksi 17-moddasi 2-qismiga ko‘ra “13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik(97-modda 2-qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining 2-qismida belgilangan sub’yekt yoshi eng past yosh bo‘lib, Jinoyat kodeksidagi yagona norma hisoblanadi. Oldindangi qonunlarda bunday yosh chegarasi belgilanmagan edi. Jinoyat kodeksi 17- moddasi 3-qismiga ko‘ra jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga tulgan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgar bo‘ladilar: qasddan odam o‘ldirish (97); qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (104); qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (105); kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (106); nomusga tegish (118); jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119); odam o‘g‘irlash (137); bosqinchilik (164); tovlamachilik (165); talonchilik (166); o‘g‘rilik (169); mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish (173, 2-3); ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar (220); ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish (222); o‘qotar qurol, o‘q dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash (247); radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (252); temir yo‘l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo‘llarini yaroqsiz holatga keltirish (263); transport vositasini olib qochish (267); giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (271); og‘irlashtiruvchi holatlarda bezorilik (277, 2 va 3). Jinoyat kodeksi 17-moddasi 4-qismida quyidagi jinoyatlar uchun javobgarlik yoshi 18 yosh deb belgilangan: voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (122); ota-onani moddiy ta’mindashdan bo‘yin tovlash (123); voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (127); fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (144); saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (146); ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (193); atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to’g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki bo‘zib ko‘rsatish (194); atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik 156 (195); hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205); hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206); mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207); hokimiyat harakatsizligi (208); mansab soxtakorligi (209); pora olish (210); harbiy yoki muqobil xizmatdan bo’yin tovlash (225); ma’muriy nazorat qoidalarini buzish (226); aybsiz kishini javobgarlikka tortish (230); adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish (231); sud qarorini bajarmaslik (232); qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki xibsga olish(234); ko‘rsatuv berishga majbur qilish (235) va «harbiy xizmatni utash tartibiga qarshi jinoyatlar» bo‘limidagi (279-302) jinoyatlar. Jinoyat kodeksi 17- moddasiga ko‘ra jinoyatchilarning yoshi chegaralari aniq belgilanishi uchun shaxsning yoshi to‘liq (tug‘ilgan yili, oyi, kuni) aniqlanishi lozim. Shaxsni ma’lum bir yoshga to’lgan deb hisoblash uchun uning yoshi tug‘ilgan kunidan emas, balki keyingi kundan boshlanadi. Shaxsni yoshi tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasportga qarab aniqlanadi. Ushbu hujjatlar va yoshni aniqlaydigan dalillar bo‘lmaganda tugilgan vaqt sud-tibbiyot ekspertizasi orqali aniqlanadi. Lekin ekspertiza ham aniq yil, oy va kunni aytib bera olmasa, ekspert komissiyasi shaxsning jismoniy va aqliy rivojlanishini e’tiborga olib, muayyan yilni tug‘ilgan yili deb belgilaydi. Bunday holda yilning oxirgi kuni (31 dekabr) tugilgan kun deb belgilanadi. Ba’zi hollarda ekspertiza aniq yilni ham aytolmasdan o‘rtacha yoshni belgilaydi (masalan, 12 dan 15 gacha). Bu hollarda shaxsning minimal yoshi olinadi (bu vaziyatda 12 yosh olinadi). O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida birinchi marta 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning jismoniy va aqliy yetuklik darajasi va ruhiyatini hisobga olib, voyaga yetmaganlar uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismida alohida javobgarlik belgilandi (Masalan, 18 yoshga yetmaganlar uchun o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi). Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling