Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Murakkab aybli jinoyatlar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
5.Murakkab aybli jinoyatlar 
1994- yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyatlarni sodir 
qilishda qasd va ehtiyotsizlikning uyg‘unligi birinchi marta ochib berilgan. 
Shu vaqtgacha bu tushuncha qonunda yo‘q edi. Jinoyat kodeksi 23-
moddasida belgilanishicha:
NOTA BENE! 
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik 
orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday 
qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday 
jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi. 
Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli 
harakat aybning qasd shaklida sodir etilgan bo‘lishi mumkin, kelib chiqqan 


176
oqibatlar esa ehtiyotsizlik orqasida yuz bergan bo‘lishi (masalan, qasddan 
badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa 
(Jinoyat kodeksi 104, 3-qism “d”-bandi)). Bunda shaxs qasddan badanga 
og‘ir shikast yetkazadi, o‘limga nisbatan esa ehtiyotsizlikdan munosabatda 
bo‘ladi, chunki aybdor javbrlanuvchining sog‘ligiga tajovuz qilganda uni 
o‘ldirish niyati bo‘lmagan. Umuman bu qilmish qonunga ko‘ra (Jinoyat 
kodeksi ZZ-moddasi) qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. 
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, Jinoyat kodeksi aybning faqat 
ichki shaklini, ya’ni qasd va ehtiyotsizlikni nazarda tutadi. 
Shu munosabat bilan murakkab aybli (23-modda) jinoyatlar aybning 
uchinchi shakli emas, balki shaxsning jinoiy qilmishida qasd va 
ehtiyosizlikning uyg‘unlashuvidir holos. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan holda shaxsning 
aybini yuz bergan oqibatga nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun, agar 
oqibat yuz bersa, unda shaxsning ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning 
yuz berishida aybi bo‘lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy 
javobgarlikka tortish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
murakkab aybli jinoyatlarda ehtiyotsizlik faqat jazoni og‘irlashtiruvchi 
oqibatlarga nisbatan bo‘lishi mumkin, lekin murakkab aybli jinoyatlar 
umuman qasddan qilingan jinoyat hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling