Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Xato va uning jinoyat huquqiy ahamiyati
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik xato
- Faktik xato
7.Xato va uning jinoyat huquqiy ahamiyati Xato jinoyat huquqida shaxsning sodir qilgan jinoyati holatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatidir. Jinoyat huquqida xatoning ikki: yuridik va faktik turi mavjuddir. XATO Yuridik xato Faktik xato Oqibatga nisbatan xato Sababiy bog’lanishga nisbatan xato 179 Yuridik xato deganda, jinoyat huquqi nazariyasida qilmishni qilgan shaxsning jinoyat huquqiy motiv haqida noto‘g‘ri tasavvuri tushuniladi. Jinoyat huquqi nazariyasida yuridik xatoning bir qancha turlari bor: 1. Shaxs qilmishini jinoyat deb hisoblaydi, lekin sodir qilingan qilmishda jinoyat belgilari bo‘lmaydi. Bunday yuridik xatoda jinoiy javobgarlik yuzaga kelmaganligi uchun o‘z-o‘zidan jinoyat deb hisoblanmaydi. Agar shaxs o‘z harakatlarini jinoyat deb hisoblamasa, lekin ushbu harakatda jinoyat alomatlari bo‘lsa, bunday holda ushbu harakatni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. 2. Ikkinchidan, yuridik xato shaxs sodir etayotgan qilmishning yuridik oqibatlarini, jinoyat uchun belgilangan jazo turi va miqdorini bilmasligi yoki noto‘g‘ri tasavvurga ega ekanligda ifodalanadi. Xatoning turida shaxsning shunday qilmish uchun javobgarlik belgilanganligini bilmasligi uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Yuridik xatoning ahamiyati shundaki, u na aybga, na jinoyatning kvalifikatsiyasiga va na jazo tayinlashga ta’sir qiladi. Faktik xato deyilganda, jinoyat huquqi nazariyasida shaxsning jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilari to‘g‘risida noto‘g‘ri tushunchaga ega ekanligi tushuniladi. Jinoyat huquqi nazariyasida faktik xatoning ham bir necha ko‘rinishi berilgan: jinoyatning obyektiga, jinoyat predmetiga nisbatan xato; jinoyatning obyektiv belgilariga (harakat yoki harakatsizlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga) nisbatan, jabrlanuvchining shaxsiga nisbatan; jinoyat sodir etish uslubi va vositalariga nisbatan xato qilish va hokazolar kiradi. Obyektga nisbatan xato qilishda shaxs jinoyat huquqiy munosabatlarning boshqa obyektiga zarar yetkazadi. Masalan, shaxs ombordagi buyumni portlovchi modda deb o‘g‘irlaydi, aslida buyum umuman boshqa narsa bo‘lib chiqadi. Bu vaziyatda shaxs o‘zganing mulkini o‘g‘irlaganlik uchun deb jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, balki uning harakati o’qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga g‘ayriqonuniy egalik qilishga suiqasd deb hisoblanadi(25-modda, 248-modda). Jinoyat sodir qilgan shaxsning harakati aybdor fikrining yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bu vaziyatda aybdorning fikri faqat portlovchi moddaga egalik qilishga qaratilgani uchun va jinoyat oxiriga yetkazilmaganligi sababli bu harakat portlovchi moddaga g‘ayriqonuniy egalik qilishga suiqasd deb kvalifikatsiya qilinishi kerak. 180 Sodir qilinayotgan jinoyatning xususiyat qarab xatolar har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, shaxs o‘z qilmishining huquqqa xilofligiga nisbatan adashishi mumkin. Bunday hollarda gayriqonuniy qilmish aybning shakliga ta’sir qilmaydi, lekin javobgarlik oxiriga yetkazilgan jinoyat uchun emas, balki jinoyat qilishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi kerak, ya’ni bu vaziyatda aybdor o‘z niyatini oxiriga yetkaza olmaydi, o‘z irodasidan tashqari holatda niyatiga yeta olmaydi. Masalan, shaxs ishongan holda giyohvandlik vositasini olayapman, deb o’ylaydi, biroq u boshqa narsa olgan bo‘lib chiqadi. Bunday holatda ushbu shaxsning harakati giyohvandlik vositasini gayriqonuniy ravishda sotib olishga suiqasd qilish, deb baholanmog’i lozim(Jinoyat kodeksi 25-modda, 273-modda). Shunday xatolar bo‘lishi mumkinki, shaxs o‘z qilmishini qonuniy deb hisoblaydi, biroq bu qilmish g‘ayriqonuniy bo‘lib chiqadi. Bunda qilmish tugallangan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling