Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
NOTA BENE!
Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Jinoyat kodeksi 21-moddasi 2,3-qismlarida belgilanishicha: “Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi”. Jinoyat kodeksining 21-moddasi 4-qismida egri qasddan sodir etilgan jinoyatga ta’rif berilgan: NOTA BENE! Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. Qasdning tafakkuriy(intellektual) va irodaviy belgilari mavjud. Tafakkuriy (intellektual) holat qasdning mazmunini, irodaviy holat esa uning yo‘nalishini belgilaydi. Shuning uchun qasdning mohiyati va yo‘nalishini tafakkuriy, irodaviy holatini to‘g‘ri belgilash, shubhasiz, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga yordam beradi. Shaxs tomonidan jinoyatni faktik tomonining anglanishi jinoyat sodir etish vaqti, joyi, usuli, sharoitlarini tafakkuriy(intellektual) holat tarkibiga kiritish imkonini beradi. Biroq ayrim olimlar ko‘rsatilgan belgilarga nisbatan aybdorning munosabatini tafakkuriy holat tarkibiga kiritishni noto‘g‘ri deb hisoblaydilar. Bizning fikrimizcha, bu belgilar tafakkuriy holat tarkibida bo‘lmog’i darkor. Misol uchun, aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini egallab olmoqchi bo‘lgan firibgar, bu harakatlarini 167 jabrlanuvchini aldash osonroq bo‘lgan vaqt va sharoitida sodir etadi. Bunda firibgar o‘zganing mulkini egallash g‘ayrihuquqiyligini anglashi bilan bir qatorda, u o‘zining aldoviga haqiqat tusini berishi uchun ma’lum bir sharoitlarini yaratayotganligini ham biladi. Tafakkuriy holatning zaruriy belgilaridan yana biri – bu harakat yoki harakatsizlikni sodir etayotgan subyekt o‘z qilmishi oqibatida zararli oqibatlar kelib chiqishini ko’ra bilgan bo‘lishi kerak. Agar ayblanuvchi kelib chiqqan oqibatlarni oldindan bilmagan yoki ko‘ra bilishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uni javobgarlikka tortish uchun asos ham bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish deganda, subyektning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga o‘z qilmishi tufayli yetkaziladigan zararning oldindandan xayolan ko‘z oldiga keltirishi tushuniladi. To‘g‘ri qasdning tafakkuriy holati shaxsning ijtimoiy xavfli xususiyatdagi qilmishini anglashi va uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini ko‘ra bilishidir. To‘g‘ri qasdning irodaviy holati jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishidan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni istaganidir. O‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglash deganda shaxs jinoyat sodir etayotganida uning sodir etilishi tufayli vujudga keladigan barcha holatlarini tushunishi nazarda tutiladi. Masalan, shaxs qaysi obyektga zarar yetkazayotganligini, o‘z qilmishining gayriqonuniy, ijtimoiy xavfli ekanligini tushunadi. Shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini, anglashi, insonning hayotiy faoliyati, bilimi, malakasiga bog‘liq. Masalan, o‘g‘rilik sodir etayotgan shaxs, shubhasiz, tegishli ruxsatsiz, shartnomasiz va boshqalarsiz o‘zganing mulkini olish mumkin emasligini tushunadi yoxud odam o‘ldirayotganida, birovni hayotidan mahrum qilishga haqqi yo‘qligini tushunadi va shu kabilar. Albatta, shaxs qandaydir holatlar (voyaga yetmaganlik, aqli norasolik) tufayli sodir etayotgan qilmishi xususiyatini anglamasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Shaxsning o‘zi sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli ekanligini anglashi uning g‘ayriqonuniy ekanligini (ya’ni uni sodir etish qonunda man etilganligini), anglashi zarur degani emas, ko‘pchilik hollarda, jinoyat sodir etayotgan shaxs uning gayriqonuniy qilmish ekanligini anglaydi, ammo ayrim hollarda esa u qandaydir qilmishning sodir etilishi qonunda man etilganligini bilmasligi mumkin, lekin shunga qaramasdan, bu uni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi, chunki qonunda qasd tushunchasiga 168 aybdorning g‘ayriqonuniy qilmishni anglashi kiritilmagan(Jinoyat kodeksi 21-modda). Ayrim jinoyat-huquqiy normalarda qilmishning g‘ayri qonuniy ekanligini avvaldan bilishni ko‘rsatish shaxs uning g‘ayriqonuniy ekanligini anglashi sifatida kiritilgan. Masalan, Jinoyat kodeksi 113- moddasi birinchi bandida — bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtish xavfi ostida qoldirish; Jinoyat kodeksi 139-moddasida bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy jazo ko‘zda tutilgan. Bu va boshqa jinoyat-huquqiy normalarda qilmishning jinoyat ekanligini oldindandan bilganligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning zaruriy sharti hisoblanadi. To‘g‘ri qasdning tafakkuriy holati, ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etgan shaxsning o‘z qilmishi tufayli kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldindandan ko’ra bilishida ifodalanadi. Shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindandan ko‘ra bilishi deganda, shaxsning o‘z harakatlari natijasida tajovuz etilayotgan obyektga qanchalik zarar yetishini oldindandan tasavvur etishi tushuniladi. To‘g‘ri qasdning irodaviy holatida jinoyat sodir etgan shaxs muayyan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli muayyan oqibat kelib chiqishini (masalan, shaxs odam o‘ldirishda aynan birovni hayotdan mahrum qilishni), badanga shikast yetkazishda esa aybdor aynan badanga og‘ir shikast yetkazilishni istaydi. Aynan irodaviy holat bo‘yicha to‘g‘ri qasd egri qasddan farq qiladi, chunki to‘g‘ri qasdda aybdorning harakatlarida muayyan oqibatlarning yuz berish istagi mavjudligi bo‘lsa, egri qasdda esa muayyan oqibat yuz berishi istagi emas, balki unga ongli ravishda yo‘l qo‘yilishi, ya’ni ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishiga aybdorning befarq qarashida ifodalanadi. Bunday hollarda qilmish aybdorning harakatlari tufayli yuz bergan oqibatlardan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, aybdor tajovuz qilayotib odam badaniga qandaydir jism bilan uradi va uning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Aybdor urayotganda o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglaydi va uning harakatlari natijasida jabrlanuvchining sog‘lig‘iga ziyon yetishini biladi(tafakkuriy holat belgisi) va ongli ravishda jabrlanuvchi sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yadi. Egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini xohlamaydi. O‘z-o‘zidan egri qasdda shaxs oqibatga nisbatan aktiv emas, balki passiv munosabatda bo‘ladi. Zero, bu oqibatlar ushbu jinoyat tarkibining tashqarisida joylashgan boshqa 169 maqsadlarga erishishga qaratilgan aybdor jinoiy qilmishining salbiy natijasidir. Shuning uchun egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarning to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan qilmishlariga nisbatan xavflilik darajasi pastdir. Ongli ravishda yo‘l qo‘yish, eng avvalo, ijtimoiy xavfli qilmishning kelib chiqishini istamaslikda ifodalanadi. Egri qasddan harakat qilayotgan shaxs bu oqibatlarning kelib chiqishidan manfaatdor emas, shunday bo‘lsa-da, boshqa maqsadlarga va, hatto, jinoiy bo‘lmagan maqsadlarga erishish uchun bularning kelib chiqishiga tayyordir. Ongli ravishda yo‘l qo‘yish egri qasdning irodaviy tomoni sifatida, shuningdek,, aybdor shaxsning o‘z harakatlari ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishiga befarq munosabatda bo‘lish shaklida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababdan ayrim vaqtlarda egri qasd “jinoiy befarqlik” deb ham nomlanadi. Shunday holatlar ham mavjudki, aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishini xohlamaydi, lekin ularning oldindani olish imkoniyati yo‘qligini ham tushunadi. Misol uchun qo’shnisining uyiga o‘t qo‘yayotgan shaxs uy ichida harakat qila olmaydigan nogiron shaxs borligini biladi va uning o‘lishini xohlamaydi, biroq shunday bo‘lsa-da, buning oldindani olish imkoniyati yo‘qligini tushunadi va o‘ylagan maqsadidan qaytmaydi. Qonunda imkoniyat yo‘qligini tushunish u yoki bu ayb shakliga kiritilmagan. Jinoyat huquqi nazariyasida va amaliyotda bunga to‘g‘ri qasdning bir ko‘rinishi sifatida qaraladi. Aybdorning harakatlarida to‘g‘ri qasd mavjud bo‘lgan hollarda, u shaxs sog‘lig‘iga ma’lum darajada zarar yetkazilishini istaydi (masalan, kishining u yoki bu a’zosini kesish, inson sog‘lig‘ini buzish va boshqalar), agar aybdor ko‘zlagan oqibat yuz bermasa, uning harakatlari bu jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya etilishi kerak. Masalan, aybdor jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazish maqsadida unga sulfat kislota quyib yuborsa, biroq obyektiv sabablarga ko‘ra u istagan natijaga erisha olmasa, uning harakatlarini qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25 - va 104-moddalari bo‘yicha). Shubhasiz, egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan to‘g‘ri qasddan sodir etilgan jinoyat yuqori xavfga ega, shuning uchun sud buni jazo tayinlashda hisobga olishi kerak. Formal tarkibli jinoyatlarga nisbatan Jinoyat kodeksi 21-moddasi 1- qismida: “Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday 170 qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi”,-deb belgilangan. Formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga bo‘lgan munosabati (irodaviy belgi) ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatiga ega emas, chunki formal tarkibli jinoyatlarda oqibat jinoyat tarkibidan tashqariga chiqarilgan. Masalan, tuhmat, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish (Jinoyat kodeksi 139- modda, 1- qismi), yoxud haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash(Jinoyat kodeksi 140-modda). Bu jinoyatlarni oxiriga yetgan deb topish uchun ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilishi va uni sodir etish istagi kifoya. Ko‘rinib turibdiki, bu jinoyatlar oxiriga yetkazilgan qilmish, deb topilishi uchun ularning sodir etilishining o‘zi kifoya. Formal tarkibli jinoyatlar egri qasddan sodir etilmaydi, chunki egri qasdda aybdor sodir etayotgan qilmish oqibatining ro‘y berishini istamasa- da, unga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Qasdni to‘g‘ri belgilash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ayb shaklini to‘g‘ri belgilash, adolatli jazo tayinlanishi, javobgarlikni differensiallash imkonini beradi. Jinoyat huquqi nazariyasida olimlar qasdni oldindandan o‘ylangan, to‘satdan paydo bo‘lgan turlarga ajratishadi. Qasdning bu turlari bir- biridan uning shakllanish vaqti bilan farq qiladi. Oldindandan o‘ylangan qasdda jinoyat sodir etish to‘g‘risidagi niyat paydo bo‘lishi va uni amalga oshirish o‘rtasida muayyan vaqt o‘tadi, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda jinoyat sodir etish to‘g‘risida fikr paydo bo‘lishi bilan jinoyat sodir etilish vaqtini ma’lum bir muddat ajratib turadi. Ko‘pchilik hollarda oldindandan o‘ylangan qasd bilan sodir etilgan jinoyatlar yuqori xavflilikka ega, aynan qasd paydo bo‘lgan vaqt bilan uni amalga oshirish o‘rtasidagi vaqtda shaxs uni har tomonlama rejalashtiradi, jinoyat quroli va vositalarini tayyorlaydi, sodir etiladigan jinoyatni yashirish uchun muayyan harakatlarni amalga oshiradi. Qasd to‘satdan paydo bo‘lganida, shaxs jinoyat sodir etish to‘g‘risida xohish paydo bo‘lgani hamon uni amalga oshiradi yoki jinoyat qasd paydo bo‘lgan vaqtdan keyingi qisqa muddat ichida amalga oshiriladi. To‘satdan paydo bo‘lgan qasd bilan sodir etilayotgan jinoyatning, odatda, avvaldan o‘ylab sodir etilgan qilmishga nisbatan xavflilik darajasi pastroq. Ko‘pchilik hollarda bunday jinoyatlarnipg sodir etilishi ayrim holat va sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, jabrlanuvchining provakatsion 171 (ig‘vogarona) xulqi, mulkni yetarlicha qo‘riqlamaslik va shu kabilar; to‘satdan paydo bo‘lgan qasdning yana bir ko‘rinishi kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan jinoyat sodir etish bo‘lib, yuridik adabiyotlarda bunday holat “affekt holati” deyiladi. Ammo kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holati jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqoratidan yoxud gayriqonuniy harakatlariga javob sifatida paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak. Shaxs kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etganida uning o‘z harakatlarini nazorat qilishi ma’lum darajada pasayadi, o‘z irodasini boshqara olmaydi va o‘z harakatlari oqibatini yetarli darajada baholay olmaydi. Shuning uchun qonunda kuchli ruhiy hayajonlanish yengillashtiruvchi holat, deb belgilangan. Masalan, Jinoyat kodeksi 98-moddasida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutiladi, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik uchun qasddan badanga shikast yetkazishga nisbatan yengilroq jazo belgilanadi (Jinoyat kodeksi 106-moddasi). Qasdni egri va to‘g‘ri qasdlarga bo‘lish nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga ham egadir. Misol uchun qilmishda egri yoki to‘g‘ri qasd borligini aniqlamasdan turib, umuman aybning qasd shakli mavjudligi haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Qasd turlarini aniq farqlash bir qator jinoyat huquqi institutlarini tushunish uchun ham zarurdir. Misol uchun jinoyatga suiqasd qilish faqatgina to‘g‘ri qasdda mavjud bo‘ladi, shuningdek,, jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, qilmish va aybdor shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash uchun ahamiyatlidir. Subyektning qilmishi eng muhim faktik va amaliy xususiyatlariga qarab qasd aniq, alternativ va noaniq turlarga bo‘linadi. Aniq qasdda aybdor erishiladigan aniq maqsadni belgilaydi va aniq zararli oqibatlarni kelib chiqishini ko‘ra biladi. Alternativ qasdda aybdor o‘z qilmishi oqibatida ikki va undan ortiq muayyan oqibatlarning kelib chiqishiga bir xil imkoniyatlar borligiga ko‘zi yetadi. Alternativ qasd bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan haqiqiy zararga qarab kvalifikatsiya qilinadi. Noaniq qasdda subyekt qilmishning obyektiv xususiyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi hamda yetkazilgan zararning hajmini aniq tasavvur qilmasa-da, u haqidagi umumiy tasavvurga ega bo‘ladi. Misol uchun, shaxsni urish, do’pposlashda aybdor tan jarohati yetkazayotganligini anglaydi, lekin uning qaysi – yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir darajada bo‘lishini bilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling