Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoiy javobgarlik deganda


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoiy javobgarlik deganda, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan 
shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa 
huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanishida ifodalanadigan jinoyat sodir 
etishning huquqiy oqibati tushuniladi. 
Bundan tashqari jinoyat huquqiga oid darslik va ilmiy adabiyotlarda 
jinoiy javobgarlik tushunchasiga turlicha ta’rif beriladi. Jinoiy javobgarlik 
tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs o‘rtasida 
kelib chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda 
davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy huquqiy ta’sir 
chorasini qo‘llash huquqi vujudga keladi. Jinoyat sodir qilgan shaxsga 
nisbatan faqat shu huquqbuzarlik uchun sanksiyada belgilangan jazo 
chorasini qo‘llash majburiyati vujudga keladi va unga nisbatan xuddi 
shunday ta’sir chorasi qo‘llaniladi. 
Jinoiy javobgarlik tushunchasini talqin qilishda uchta nazariya 
ahamiyatlidir: 
Birinchi nazariya jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy 
javobgarlik shaxsiy yoki mulkiy xususiyatdagi ta’sir chorasi ekanligini 
ifodalaydi. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlar va darsliklarda qayd etilgan.
Ikkinchi nazariya jinoiy javobgarlik jinoyat qonunchiligida 
ko‘rsatilgan davlat majburlov chorasi sifatida tushunadi, ya’ni aybdorga 
nisbatan sudlanganlik oqibatini keltirib chiqaruvchi majburlov chorasi 
qo‘llaniladi. 
Uchinchi nazariyada jinoiy javobgarlik deganda, barcha jinoyat 
huquqiy munosabatlarni, shuningdek,, shaxs va davlat o‘rtasidagi(huquqni 
muhofaza etuvchi organlar timsolida) munosabatlar tushuniladi.
I.Y. Kozachenkoning fikricha: “Jinoiy javobgarlik – bu shaxs jinoyat 
sodir etgan vaqtdan boshlab vujudga keladigan huquqiy munosabat bo‘lib, 
jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash va uzatish, umumiy va 
maxsus tartibda ogohlantirish maqsadida qo‘llaniladigan majburlov 
chorasi. Jinoiy javobgarlik natijasida davlat shaxsning huquqini cheklab 
qo‘yadi, jinoyat sodir etgan shaxs esa davlat nomidan sud tomonidan faqat 
jinoyat qonunchiligida ko‘rsatilgan jazo chorasi doirasida qo‘lllanadigan 
shaxsiy mulkiy va boshqa xususiyatdagi ta’sir choralarini bajarishga 
majbur bo‘ladi
1

B.V. Zdrovomislov, Y.A. Krasikov va A.I. Roroglarning fikricha 
jinoiy javobgarlik quyidagi elementlardan tashkil topgan: 
1
И.Я.Козначенко. Санкции за преступления против жизни и здоровья. Томск, 1987 г. С.-45 Также : 
Уголовное право Росси . Общая часть . Москва. 1997 г С.-72. 


188
• davlat vakillik organlari oldida jinoyat sodir etgan shaxsda hisob 
berish majburyatini vujudga keltiradi; 
• sodir etilgan qilmishni baholovchi sud hukmi chiqariladi; 
• aybdor shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi 
qo‘llaniladi; 
• jazoning huquqiy oqibati sifatida sudlanganlikni vujudga keltiradi.
1
A.A Pionkovskiyning fikricha, jinoiy javobgarlik jinoyat sodir 
etilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.
2
M.Braynin esa, jinoiy javobgarlik 
shaxs jinoyat ishiga ayblanuvchi sifatida jalb qilinganda yoki surishtiruv 
organlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxs sifatida ushlangan vaqtdan 
boshlab vujudga keladi, deydi.
3
Jinoiy javobgalik vujudga kelgan vaqtdan boshlab shaxsning jinoiy 
javobgarligi masalasi ko‘riladi. Jinoiy javobgarlik masalasi shaxsni 
dastlabki tergovga jalb qilish(majburlov va ehtiyot choralarini qo‘llash), 
ishni sudda ko‘rish, ayblov hukmini chiqarish, shartli hukm qilish va 
sudlanganlik shakllarida amalga oshiriladi. Sudlanganliikning tugashi yoki 
olib tashlanishi bilan jinoiy javobgarlik tugaydi. Jinoiy javobgarlik jazo va 
sudlanganlik elementlarisiz bir lahzali hisoblanadi. Uning boshlanishi va 
oxiri yo‘qoladi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi bilan jinoiy 
javobgarlik boshlanadi yoki tamom bo‘ladi. Sudning ayblov hukmi 
qonuniy kuchga kirishi bilan hukmda belgilangan davlatning majburlov 
chorasi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta’sir qiladi. Yoki shu vaqtdan 
boshlab jinoiy javobgarlik tugaydi. Natijada jinoiy javobgarlik 
belgilanmaydi va sudlanganlik yuzaga kelmaydi.
Jinoiy javobgarlik bir qator huquqiy belgilarga ega bo‘lib, ular 
quyidagilardan iborat: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling