Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, o‘z yuridik mazmuniga ko‘ra jinoiy javobgarlik 
huquqiy oqibat keltirib chiqaradi;
ikkinchidan, jinoiy javobgarlikni faqat shaxsning aybi bilan sodir 
etilgan, ijtimoiy xavfli qilmish vujudga keltiradi; 
uchinchidan, sud qilmish, jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir 
choralarini qo‘llashdek davlatning majburlov shakllarida ifodalanadi
to‘rtinchidan, u jinoiy huquqiy munosabatlar doirasida paydo 
bo‘ladi, amalga oshadi va bekor bo’ladi. 
1
Б.В.Здровомыслов, Ю.А.Красиков, А.И.Ророг. Уголовное право. 1992 й. 
2
А.А. Пионковский. Курс советского Уголовного права.: В 6 т. Москва. 1970. Т 3. С.-8-9. 
3
Я.М.Брайнин. Уголовная ответственность и ее основание в советском уголовном праве // М:.1963, 
Т3, С.-12. 


189
Jinoiy javobgarlik sudning ayblov hukmiga oid qarori, ya’ni 
jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning sudlanishidan 
boshlanadi. Jinoiy javobgarlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi 
mumkin:
1. aybdorni jazo qo‘llamasdan sud qilish
2. aybdorga jazo belgilab, ammo u real ijrosidan ozod qilib sud qilish;
3. aybdorga jazo belgilab, uni ijro etgan holda sud qilish;
4. aybdorga jazo va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash, 
shuningdek, ularni real ijro etishni belgilash bilan sud qilish. 
Javobgarlikni amalga oshirishning birinchi shakli javobgarlikning 
ayblov hukmining chiqarilishi bilan tugallanishida ifodalanadi. Chunonchi, 
Jinoyat kodeksining 70-moddasiga muvofiq ish sudda ko‘rib 
chiqilmagunicha vaziyatning o‘zgarishi bois shaxs o‘zining namunali 
xulq-atvori, mehnatga yoki o‘qishga vijdonan munosabati tufayli ijtimoiy 
xavfli bo‘lmay qolgan holatlarda ham sud uni jazoni o‘tashdan ozod etishi 
mumkin. 
Jinoiy javobgarlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib boshqalardan 
farq qiladi. Bu choralarni bir-biridan farqlovchi belgilarga: 
1. qo‘llanish asosiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik faqat Jinoyat kodeksi 
Maxsus qism moddasida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibining barcha 
elementlari mavjud bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan 
shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Moddiy zararni qoplash tarzidagi fuqarolik 
javobgarligi nafaqat jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi qilmishlar tufayli 
moddiy zarar yetkazilganida, balki boshqa huquqbuzarliklar natijasida 
zarar yetkazilganda ham qo‘llaniladi. 
2. javobgarlikning mazmuniga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik davlat 
majburlov xususiyatiga ega bo‘lib, davlat nomidan qo‘llaniladi. Qolgan 
ta’sir choralari esa bunday xususiyatga ega emas.
3. jinoiy javobgarlikni qo‘llovchi subyektga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik 
faqat sud tomonidan ayblov hukmi asosida qo‘llanadi. Boshqa hech 
qanday mansabdor shaxs bunday ta’sir chorasini qo‘llay olmaydi. Boshqa 
javobgarlik choralari suddan tashqari vakolatli organlar va mansabdor 
shaxslar tomonidan qo‘llanishi mumkin. 
4. qo‘llash tartibiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlikka tortishning maxsus 
tartibi faqat Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan Jinoyat protsessual 
kodeksi tergov organlari va sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortish 
tartibini belgilaydi. Qolgan huquqiy ta’sir choralari esa boshqa huquq 
normalari bilan tartibga solinadi.


190
5. javobgarlikka tortiluvchi subyektlar doirasiga ko‘ra. Jinoiy 
javobgarlik alohidalik xususiyatiga ega bo‘lib, faqat jinoyat sodir etgan 
jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llanadi. Boshqa javobgarlik choralari esa 
yuridik shaxslarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, Fuqarolik 
kodeksida javobgarlikda yuridik shaxslar uchun ham javobgarlik 
belgilangan. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling