Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Jinoyatni sodir etgan shaxs qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglagan
uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindandan ko‘ra bilgan va ularning 
yuz berishini istagan bo‘lsa, u to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan 
hisoblanadi 
NOTA BENE! 
Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining xavfliligini anglagan, 
uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindandan ko‘ra bilgan va ularning 
yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u egri qasd bilan 
sodir etilgan hisoblanadi 


165
O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy 
xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tarixida birinchi marta 
1994-yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyat tushunchasi o‘z 
aksini topadi. 
Sud-tergov amaliyotida aybdorning sodir etgan jinoyati va yuz 
bergan oqibatlarga bo‘lgan munosabati har xil bo‘lgan hollarda jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda turli muammolarga duch kelinadi, bunday hollarda 
ayb shakllarining to‘g‘ri aniqlanishi sodir etilgan jinoyatni to‘g‘ri 
kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti ekanligidan kelib chiqib, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 23-moddasida murakkab 
ayb tushunchasiga ta’rif berilgan. 
NOTA BENE! 
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik 
orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday 
qilmish uchun og‘irroq javobgarlik belgilangan bo‘lsa, bunday jinoyat 
qasddan sodir etilgan deb topiladi 
 
3.Qasd va uning turlari 
Jinoyat kodeksida javobgarlik ko‘zda tugilgan ko‘pchilik jinoyatlar 
qasddan sodir etiladi. Shubhasiz, qasddan sodir etilgan jinoyatlarning 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan ijtimoiy xavflilik 
darajasi yuqoridir. Shaxs qasddan jinoyat sodir etayotganida uni 
oldindandan rejalashtiradi, batafsil tayyorgarlik ko‘radi. Shuning uchun 
qasddan sodir etilgan jinoyatlarga qarshi jinoyat huquqiy choralar 
yordamida kurashish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buni 
hisobga olgan holda qonun chiqaruvchi organ tomonidan qasddan jinoyat 
sodir etgan shaxslar uchun qattiqroq jazo choralarini belgilagan. Masalan, 
qasddan odam o‘ldirganlik uchun(97-modda 1-qismi) o‘n yildan o‘n besh 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, ehtiyotsizlik orqasida odam 
o‘ldirganlik uchun(102–modda 1-qismi) uchun esa ikki yilgacha axloq 
tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda 
tutilgan. 
Faqatgina qasddan sodir etilgan jinoyatlar og‘ir va o‘ta og‘ir 
jinoyatlar sirasiga kiritilgan. Shuningdek,, qasddan jinoyat sodir etish 
alohida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: bunga shaxsni o‘ta xavfli 
retsidivist deb topish; jazodan shartli ozod qilishga nisbatan qattiqroq 
shartlar qo‘yilganligi va boshqalar kiradi. 


166
Qasddan sodir etilgan jinoyatlarning yana bir xususiyati shundaki, 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish hamda 
jinoyatda ishtirokchilik faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlardagina 
bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksi 21-moddasi 1-qismida qasddan sodir etilgan jinoyat 
tushunchasiga ta’rif berilgan:

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling