Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
2.
Aqli rasolik Aqli rasolik, bu jinoyat sub’yektining zaruriy belgilaridan biridir. Jinoyat kodeksining 18-moddasida: «Jinoyat sodir etish vaqtiida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini 153 boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi», deyiladi. Shunga ko‘ra “Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha bo‘zilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi”(Jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismi). Lekin bu aqli noraso shaxsga qilmishi uchun hech qanday chora ko‘rilmaydi, degani emas. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin(18-modda 3-qismi). Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e’lon qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni o‘tayotgan vaqtida yoki ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf tug‘dirganida, qo‘llaniladi. Aqli norasolik 2 ta: yuridik va tibbiy mezonlar bilan ifodalanadi. Shaxsni aqli noraso deb topish uchun har ikki mezon bir vaqtda mavjud bo‘lishi shart. Har qanday ishdagi yuridik ko‘rsatkich, ya’ni jinoyatni sodir etgan shaxs haqiqatan o‘z harakati va uning oqibati uchun javob bera oladimi yoki yo‘qmi, degan masalalar sud tomonidan to‘la aniqlanishi kerak. Tibbiy ko‘rsatkich belgilariga ega bo‘lgan ruhiy kasalliklarga: a. surunkali ruhiy kasallik; b. vaqtinchalik ruhiy kasallik; c. aqlning pastligi; d. kasallikning boshqa holatlari kiradi . Surunkali boshqa kasallik davolab bo‘lmaydigan yoki qiyin davolanadigan ruhiy kasallik bo‘lishi mumkin. Masalan, shizofreniya, progressiv falajlik, paranoyya, epilepsiya, bosh miya siflisi (yallig‘lanishi) va hokazo. Vaqtinchalik ruhiy kasallik ruhiy holatning vaqtinchalik buzilishi bo‘lib, shaxs keyinchalik sog‘ayib ketadi, masalan, belaya goryachka — umumiy yuqumli kasalliklar davridagi ruhiy kasallik va hokazo. Aqlning pastligi yoki oligofreniya — tug‘ma yoki tug‘ilish vaqtida inson ruhiy holatining ishdan chiqishi. Aqlning pastligi uch darajaga bo‘linadi: yengil darajali debillik(imbetsilnost), o‘rta daraja(idiotiya), to‘la, ya’ni aqliy qobiliyatning ishdan chiqishi. 154 Kasallikning boshqa holatlari inson ruhiyatining ruhiy kasalliklardan tashqari holatdagi buzilishidir. (Masalan, giyohvandlik vositasini vaqtincha iste’mol qilmaslik tufayli ro’y beradigan ruhiy holat, yuqumli kasallik vaqtidagi ruhiy yetishmaslik). Aqli norasolikning yuridik mezoni shundan iboratki, bunda shaxs o‘z harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob bera olmaydi(intellektual belgi) va o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Yuridik mezonning intellektual belgisi shuni bildiradiki, bunda shaxs o‘z harakatini, uning gayriqonuniy va jamoat uchun xavfli ekanligini tushunmaydi. Shaxsni aqli noraso deb topish uchun qonun bo’yicha tibbiy va yuridik mezonlar aniqlanishi lozim. Ko‘pchilik hollarda, agar shaxs o‘z harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob bera olmas ekan, o‘z harakatlarini ham boshqara olmaydi. Biroq sud- tergov amaliyotida shaxs o‘z harakatlari yuzasidan hisob bera oladi, lekin uni boshqara olmaydigan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, shaxs giyohvandlik vositasini iste’mol qilishi kerak bo‘lgan vaqtda uni topa olmasa, har qanday harakatni sodir etishga, shu jumladan, dorixonaga o‘g‘irlikka kirishga ham qodir bo‘ladi. Bunda giyohvand jinoyat qilayotganligi to‘g‘risida o‘ziga hisob beradi, lekin o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Bu hollarda tibbiy ko‘rsatkichlardan birining mavjudligi shaxsni aqli noraso deb topilishi uchun asos bo‘ladi. Har bir jinoyat ishini ko‘rishda shaxsni aqli noraso deb topish uchun albatta sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi lozim. Qonunga ko‘ra aqli noraso deb topilgan shaxs jinoyatning sub’yekti bo‘la olmaydi va u harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling