Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Biror qilmishni sodir etgan shaxs uchun yangi qonuni kuchga kirguniga 
qadar, shuningdek, jazoni o‘tayotgan va o‘tab to‘rganlar uchun ayni 
vaqtda, avval sudlangan bo‘lsalar, ularga nisbatan ham yangi qonunga 
ko‘ra ish yuritiladi, ya’ni yangi qonun qilmishning jinoiyligini bekor 
qilishi, jazoni yengillashtirishi yoki boshqacha tarzda jinoyatni sodir 
etganlar holatini yaxshilashi mumkin. 
Qilmishning jinoiyligini bekor qilish deganda jinoyat qonunida 
javobgarlik belgilangan qilmishni jinoyatlar qatoridan chiqaradigan 
qonunning qabul qilinishi tushuniladi. Bu qonun kuchga kirgan kundan 
boshlab, shunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tergov 
idoralari va sudlardagi jinoyat ishlari to‘xtatilishi lozim. Jazoni 
o‘tayotganlar ilgari sudlangan hollarda ular sudlanmagan deb topiladilar. 
Quyidagilar jazoni yengillashtiruvchi qonun hisoblanadi: 
a) 
yangi qonunda sanksiya nazarda tutilib, jazolardan biri 
yengilroq bo‘lsa; 
b) yangi qonunda jazoning eng ko‘p qismi yoki eng kam qismi 
kamaytirilgan bo‘lsa, yengilroq jazo turi nazarda tutilgan bo‘lsa; 
c) 
yangi qonunda qo‘shimcha jazo nazarda tutilmagan bo‘lsa; 
d) moddiy zarar qoplanganida mahkumni jamiyatdan ajratilishi 
(ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq)ni nazarda tutmaydigan jazo 
choralaraini qo‘llash.
Yangi jinoyat qonunining qattiq yoki yumshoqligini baholashda 
nafaqat normaning sanksiyasi, balki, boshqa holatlar ham shaxsning 
ahvolini yengillashtiradigan yoki og‘irlashtiradigan holat deb baholashga 
xizmat qilishi mumkin. Masalan, shartli ravishda jazodan ozod qilish 
shartlarining o‘zgarishi, sudlanganlik muddatining tugashi yoki olib 
tashlanishi shartlarining o‘zgarishi, shartli hukm qilishda sinov 
muddatining qisqarishi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish 


71 
muddatining o‘zgarishi va boshqalarshaxsning ahvolini boshqacha 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling