Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


  Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

5. 
Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi 
 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 13–moddasi 1-qismiga 
ko‘ra qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir 
etilgan paytda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Jinoyat qonunini 
vaqt bo‘yicha amal qilishini to‘g‘ri belgilash quyidagi: 
a) 
qonunning amal qilish vaqtini aniqlash zarurligi; 


68 
b) jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash kabi shartlarga asoslanishi 
kerak. 
Amalga kiritilgan va o‘z kuchini yo‘qotmagan qonun amalda deb 
hisoblanadi. Har bir aniq holatda jinoyat sodir etilgan paytda amaldagi 
jinoyat qonuni kuchga kirganligini aniqlash muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni 
kuchga kirishi, amalda bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasining “Qonun 
loyihalarining umumhalq muhokamasi to‘g‘risida”gi va “Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Qonun loyihalarining umumhalq 
muhokamasi to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra qonun loyihalarini umumhalq 
muxoqamasiga qo‘yish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega 
bo‘lgan organlar va shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalariga tegishlidir. Ushbu qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Qonun 
loyihalari umumhalq muhokamasi uchun umumhalq muhokamasiga 
qo‘yish xaqida qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay 
“Halq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida elon qilinadi. Ular maxsus 
nashrlarda va ommaviy axborot vositalarida ham chop etilishi mumkin. 
Qonun loyihasining umumhalq muhokamasi ixtiyoriylik, tenglik, 
oshkoralik, hamma uchun ochiqlik va erkin fikr bildirish prinsiplari 
asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasiga ko‘ra:“O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari
shuningdek,, mahalliy davlat xokimiyati organlarining qarorlari, agar 
hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman elon 
qilingandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi”. Normativ huquqiy 
hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hammaning e’tibori 
uchun elon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tartilishi 
yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, «Halq so‘zi» va 
«Norodnoye slova» gazetalari, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari elon qilinadigan rasmiy manbaalar 
hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh 
berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi. Qonun amal qilishining 
vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun 


69 
belgilanishi mumkin. Bunday holda hujjat (yoki uning qismi) qaysi 
muddatga yoki qanday xodisa yuz bergunga qadar o‘z kuchini saqlab 
qolishi ko‘rsatilishi zarur.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat 
tugaguniga yoki xodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilishini 
yangi muddatga, boshqa xodisa yuz bergunga qadar uzaytirish to‘g‘risida 
yoki hujjatga muddatsiz tus berish xaqida qaror qabul qilishi mumkin. 
Normativ huquqiy-hujjat (qismi)ning amal qilishi quyidagi hollarda 
tugatiladi: 
• normativ huquqiy-hujjat (qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda 
yoki hodisa boshlanganida; 
• normativ huquqiy-hujjat (qismi) qonunda belgilangan tartibda 
konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilganida; 
• normativ huquqiy-hujjat (qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb 
topilganida; 
• normativ huquqiy-hujjat (qismi) qonunda nazarda tutilgan hollarda 
bekor qilinganida. 
Jinoyat kodeksi 13-moddasi 1-qismida harakat yoki harakatsizlikning 
sodir qilish vaqti jinoyat tomomlangan vaqt deb hisoblangan bo‘lsa, 
ijtimoiy qilmish bajarilgan vaqt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Bu 
qoida formal tarkibli jinoyatlarga nisbatan amal qiladi. 
Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida jinoiy oqibat yuz 
berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat 
yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi. Bu qoida esa moddiy 
tarkibli jinoyatlarga nisbatan amal qiladi. 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar (masalan, dizertirlik) uning 
to‘xtatilishi, ya’ni jinoyatchining ushlanishi bilan tamom bo‘lgan 
hisoblanadi.
Davomli jinoyatlar (masalan, qalbaki hujjatdan foydalanib bir necha 
marta davlat yoki jamoat mulkini talon taroj qilish) oxirgi marotaba sodir 
qilingan jinoiy harakat amalga oshirilgan vaqtdan boshlab tamomlangan 
hisoblanadi. Demak, davomli jinoyatlar uchun javobgarlik jinoyat 
to‘xtatilgan yoki oxirgi jinoyatlarning tamom bo‘lgan vaqtda amalda 
bo‘lgan qonun asosida hal qilinadi. Ishtirokchilikda sodir qilingan 
jinoyatlar bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan 
boshlab tugallangan hisoblanadi 
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida”gi qonunining 27-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar 
orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganligidan keyin 


70 
yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi. Qonun, u amalga 
kiritilgunga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar 
qonunda bevosita nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbiq etilishi mumkin. Agar 
qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan 
yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun 
jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda 
tutsa yoxud jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, bunday qonun 
orqaga qaytish kuchiga ega emas. 
Jinoyat kodeksi 13-moddasi 2-qismida jinoyat qonunini orqaga 
qaytish kuchi tushunchasi va prinsipi ifodalangan.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling