Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Yer yuzi chegarasi halqaro bitimlar bilan belgilangan davlat 
chegarasidir. Yer yuzi chegarisiga suv bilan qoplanmagan hududlar 
shuningdek, orollar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sunyiy 
ravishda xosil qilingan hududlar ham, masalan sunyiy orollar, suvda 
qurilgan uy, shuniningdek texnik qurilmalar masalan, ko‘priklar, suv osti 
quvurlari ham yer yuzi chegarasi hisoblanadi. Anklavlar (boshqa davlat 
chegaralari bilan to‘rt tomondan o‘ralgan va dengizga chiqish mumkin 
bo‘lmagan hududlar), shuningdek, qattiq holdagi suv resurslari – muzliklar 
ham yer yuzi chegarasi sifatida e’tirof etiladi. 
Suv chegarasi – davlat hududidagi suyuqlik holida mavjud bo‘lgan 
suvlardir. Suv chegarasi ichki va hududiy suvlarga bo‘linadi. Yer osti 
suvlari va mineral suvlar suv chegarisiga kirmaydi.
Agar suv (ko‘llar, daryolar) bir necha davlat chegarasi doirasida 
bo‘lsa, ko‘llar maxsus chegara belgilari bilan, daryolar suv oqimining o‘rta 
qismidan chegaralanadi. Masalan, O‘zbekiston bilan Afg‘oniston chegarasi 
Amudaryoning uzuniga suv o‘rtasi hisoblanadi. Ochiq dengiz va okeanlar 
hech bir davlatning hududi hisoblanmaydi. Dengiz va okeanlar bilan 
tutashgan davlatning suv chegarasi esa halqaro bitimlar bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunining amal qilish doirasi qaysi 
davlat hududida bo‘lishidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasinig 
harbiy kemalari va samolyotlariga nisbatan ham amal qiladi. Jinoyat 
qonunining amal qilish doirasi ochiq dengizda suzayotgan harbiy 
bo‘lmagan kemalar va ular ustidagi havo xavzalarida uchayotgan 
samolyotlarga nisbatan ham amal qiladi.
Havo havzasi deganda, quruqlik va suv ustidagi hudud tushuniladi.


64 
Jinoyat kodeksi 11-moddasida belgilangan to‘rtta holat nafaqat 
o‘zining mazmuni jihatidan obyektiv hisoblanadi, balki, qonunda bu holat 
jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilariga qarab belgilagan. Bu elementlar 
bevosita jinoyat obyektiv tomonini tashkil etadi. Boshqa belgilar jinoyatni 
sodir etilgan hududini aniqlashaga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo sud va 
tergov organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 11-moddasi jinoyat sodir etilgan hududni uning 
namoyon bo‘ladigan turli shakllariga nisbatan (jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish, suiqasd qilish, ishtirokchilikda jinoyatni sodir qilish) jinoyat 
tarkibiga doir qoidalarni aniqlash imkonini beradi.
Qonunga ko‘ra jinoyat tarkibiga obyektiv tomondan faqat ijtimoiy 
xavfli bo‘lgan qilmishlargina kiritiladi, jinoyatning oqibati esa bunga 
kiritilmaydi, chunki qilmishni yuridik baholash uchun ro‘y berishi mumkin 
bo‘lgan oqibat e’tiborga olinmaydi, muayyan ijtimoiy xavfli qilmish 
(harakat yoki harakatsizlik) sodir etilgan joy jinoyatning sodir etilgan joy 
hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining obe’ktiv tomoniga ijtimoiy xavfli qilmish bilan 
bir qatorda jinoiy oqibatlar ham kiritiladi, qoidaga ko‘ra, muayyan ijtimoiy 
xavfli oqibat ro‘y bergan joy qilmish sodir etilgan joy deb hisoblanadi. Bu 
qoida O‘zbekiston hududidan tashqarida boshlangan, lekin oqibati esa 
O‘zbekiston hududida ro‘y bergan qilmishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling