Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qonunga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslardir. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarga pasport, 
pasport olingunga qadar tug‘ilganlik guvohnomasi kiradi. 
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududida yashovchi 
bizning Respublikamiz fuqarosi hisoblanmagan va o‘zining boshqa davlat 
fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan shaxslardir. 
Jinoyat kodeksi 12-moddasiga ko‘ra boshqa davlat hududida jinoyat sodir 
etgan har qanday shaxslar emas, balki, O‘zbekiston Respublikasi hududida 
doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar deganda, respublika hududida doimiy yashashga 
ruxsat berilgan shaxslar tushuniladi.
Fuqarolik prinsipining yana bir elementi Jinoyat kodeksining 
hududiylik prinsipi hisoblanadi. Fuqarolik prinsipi jinoyat O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida sodir etilganligida qo‘llaniladi.


67 
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asosi sifatida kodeksga ko‘ra 
nafaqat jinoyatning boshqa davlat hududida sodir etilganligi ko‘rsatilgan. 
Bu holatda muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun quyidagi 
ikki shart talab qilinadi. 
1) qilmish qaysi davlatda sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning ana shu 
davlat qonunini bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi; 
2) bu qilmishni O‘zR Jinoyat kodeksiga ko‘ra jinoyat deb 
kvalifikatsiya qilinishi.
Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishining universallik 
prinsipi halqaro jinoyatchilikka qarshi kurash zaruratidan kelib chiqqan 
bo‘lib, uning mazmuni shundan iboratki, har bir davlat uning hududida 
halqaro bitimlarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan chet el 
fuqarolariga nisbatan o‘z jinoyat qonunini qo‘llash huquqiga egadir. 
Bundan tashqari boshqa davlatlar jinoyat qonunida jinoyat qonuni 
hudud bo‘yicha amal qilishining aniqlik prinsipi ham mavjud. Bu 
prinsipga ko‘ra qilmish davlat yoki uning fuqarolari manfaatlariga zarar 
yetkazsa, har bir davlat o‘z hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan chet 
el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan o‘z jinoyat 
qonunini tadbiq etadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el davlati hududida 
jinoyat sodir etgan bo‘lsa, halqaro bitim va shartnomalarda boshqacha hol 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ushlab berilishi mumkin emas. Agar 
halqaro bitimlarda yoki shartnomalrda jinoyatchilarni ushlab berish 
nazarda tutilgan bo‘lsa va ularga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan, bu 
shartnoma Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lsa, jinoyatchi 
ushlab berilishi mumkin. Bu halqaro jinoyatchilarni ushlab berish prinsipi 
deyiladi. Bu prinitspga muvofiq jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir 
etilgan davlatga yoki jinoyat qaratilgan davlatga yoxud qaysi davlatning 
fuqarosi bo‘lsa o‘sha davlatga topshiriladi. Jinoyatchilarni ushlab berish 
(ekstraditsiya) ikki tomonlama (masalan, o‘zaro huquqiy yordam 
to‘g‘risidagi) shartnomalar asosida tartibga solinadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling