Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik prinsipiga
fuqarolik prinsipiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilinishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunining 29-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarga, agar O‘zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tadbiq etiladi. Fuqarolik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining hududiylik prinsipi bo‘yicha amal qilishini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi prinsip hisoblanadi. Fuqarolik prinsipiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar respublika hududidan tashqarida jinoyat sodir etganda 66 ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladi. Buning uchun ular o‘sha davlat sudining hukmi bilan javobgarlikka tortilmagan bo‘lishlari lozim. Jinoyat kodeksi 12-moddasi 3-qismida jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi universallik prinsipiga asoslanishini belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra chet el fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat halqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina O‘zbekiton Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksi 12-moddasi 1-qismida qator shartlar mavjud. Bu shartlar fuqarolik prinsipining quyidagi elementlarini ifodalaydi: 1) alohida belgilangan subyektiv tarkib; 2) ushbu prinsipning amal qilish hududi; 3) jinoiy javobgarlikka tortish asosi; 4) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortishni istisno qiluvchi holatlar. Fuqarolik prinsipi subyektiv tarkibning belgisi jinoyat qonunining qonunda ko‘rsatilgan shaxslar toifasiga, yani respublika fuqarolari va respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar nisbatan amal qilishini anglatadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling