qonunini sharhlash.
Huquq normlarini sharhlash – bu tafakkur jarayoni bo‘lib, u
kodeksdagi atamalar va ifodalarning ma’nosini ochib berish asosida
jinoyatlar huquqiy normalarni tushuntirishdan iborat. O‘zbekiston
Respublikasi “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 31-
moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ huquqiy
hujjatda noaniqliklar topilgan yoki u amaliyotda noto‘g‘ri va mantiqqa zid
tarzda qo‘llanilgan hollarda amalga oshiriladi. Sharhlash jarayonida
normativ huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo‘shimchalar, va
aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunlarga
Konstitutsiyaviy sud, qonun osti hujjatlariga esa ularni qabul qilgan
organlar rasmiy sharh beradi.
Qonunni sharhlashning maqsadi qonun talabidan kelib chiqqan holda
uni aniq tushuntirishdan iboratdir. Jinoyat qonunini sharhlash subyekti,
sharhlash usuli va sharhlash hajmiga ko‘ra qator guruhlarga bo‘lnadi.
Kodeks sharhlovchi subyektiga ko‘ra: legal sharhlash, sud
tomonidan sharhlash, ilmiy (doktrinal) sharhlash turlariga bo‘linadi.
Legal sharhlash qonunda bunday vakolat berilgan davlat organi
tomonidan amalga oshiriladi. Bu sharhlash rasmiy bo‘lib, majburiy
Jinoyat qonunini sharhlash
Sub’ektiga kura
Hajmiga kura
sharhlash
uliga kura sharhlash
Legal
Sud
tomonida
n
Tarihiy
Kengaytir
ilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |