إن الله على كل شيء قدير
Аlbatta Аlloh taolo har bir narsaga qodir zotdir.
2)ماharfi yo‘liqib keladi, cheklovni ifoda qiladi. Masalan:
إنما يتذكر اولو الالباب
Faqat aql egalarigina esga oladilar.
10. (أيا) – ayo; nido uchun ishlatiladi. Masalan:
ايا رجلا خذ بيدى
Ey kishi, qo‘limdan ushla.
(بلى) – bala; so‘roqning javobi bo‘lib keladi. Masalan:
الست بربكم قالوا بلى
Men Rabbingiz emasmanmi? Ular: - albatta Rabbimizsan, deyishdi.
(ﺛم)–summa; tartib uchun ishlatiladi. Masalan:
خرج الشبان ثم الشيوخ
Yoshlar, so‘ngra qariyalar chiqdilar.
(جلل) – jalal; javoyu uchun ishlatiladi. Masalan:
قالوا أتصلى صلاة الظهر قلت جلل
Ular: “Peshin namozini o‘qidingmi” deyishganda, men: “Ha” dedim.
(جير) – jayr; bu ham javob uchun ishlatiladi. Masalan:
قالوا أتصلى صلاة الظهر قلت جير
Ular: “Peshin namozini o‘qidingmi” deyishganda, men: “Ha” dedim.
(ﺧﻼ)–xola; istisno uchun ishlatiladi. Masalan:
جاء الناس خلا زيد
Zayddan boshqa kishilar keldi.
(رب)–rubba; ozincha, baʼzan esa ko‘pincha maʼnolariniifodalaydi, u gohida bitta suzni o‘ziga, gohida esa jumlaga ham bogʼlanib keladi. Masalan:
رب حامل فقه غير فقيه
Ko‘pincha fiqh tashuvchi faqih bo‘lmasligi mumkin.
رب رجل ابوه منطلق لقيته
Otasi ketuvchi kishiga oz yo‘lqidim.
(سوف)–savfa; u muzoreʼ feʼlining oldiga kirib, kelajakda bo‘ladigan ishni yaqinlashtirib keladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |