قد يجود البخيل
Baxil kishi baʼzan saxiylik qilishi mumkin.
paydo bo‘lish maʼnosida ishlatiladi. Masalan:
قد يقدم المسافر الليلة
Ehtimol! Musofir tunda kelar.
(كى)–kay; faqat illat uchun keladi. Masalan:
اخلصوا النيات كى تنالوا أعلى الدراجات
Oliy darajalarga yetishligingiz uchun niyatlarni xolis qiling!
(ﻻ)–la; 1) qaytaruvchi. Masalan:
لا تقنطوا من رحمة الله
Аlloh taoloning rahmatidan noumid bo‘lmang.
ziyoda bo‘lib ham keladi. Masalan:
ما منعك ان لا تسجد
Sajda qilishlikdan seni nima man qildi?
nofiya bo‘lib keladi. Masalan:
فلا صدق ولا صلى
Tasdiq ham qilmadi, namoz ham o‘qimadi.
nafiy jumlaga javob bo‘lib keladi. Masalan:
قالوا أتصبر قلت لا
Аytishdiki, sabr qilasanmi? Men - yo‘q, dedim.
atf (bogʼlovchi) vazifasini ham bajaradi. Masalan:
اكرم الصالح لا الطالح
Solih kishini hurmat qil, yomon kishini emas.
6)ن إning amalani ham qilib keladi. Masalan:
لا سمير أحسن من الكتاب
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q.
(لم) – lam; muzoreʼ feʼlini manfiy qilib keladi va moziy maʼnosini beradi. Masalan::
لم يلد ولم يولد
Tugʼmagan, tugʼilmagan ham. Tugʼdirmagan ham!
(لن)–lan; 1) muzoreʼ feʼlini nafiy qilib, nasb qilib keladi. Masalan:
لن تبلغ المجد حتى تلعق الصبِ َر
Sen hargiz ulugʼlikka yetmaysan, achchiqlikni yalamaguningcha.
(لو) – lav; 1) shart uchun ishlatiladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |