Tadbirkorlik riski – firmaning ko‘zlangan maqsadiga erishish yo‘lida
duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir.
Ishlab chiqarish riski – firmaning mo‘ljallangan miqdordagi va turdagi
tovarlarni ishlab chiqara olmay qolishi.
Tijorat riskida firma o‘zi mo‘ljallagan miqdorda va narxda hamda o‘z
vaqtida tovarlarini sota olmay qoladi, natijada uning pul tushumlari
ko‘zlanganidek bo‘lmaydi.
Moliya riski – ko‘zlangan miqdordagi foydani olmasdan, belgilangan
rentabellikka erisha olmay qolish yoki foyda o‘rniga zarar ko‘rish.
Transformatsion xarajatlar – ishlab chiqarish omillarining biror xil
ne’matlar yaratishga sarflanishi, ya’ni tabiat «ashyosi»ni muayyan ne’matga
aylantirish bilan bog‘liq xarajatlar.
Soxta bankrotlik – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z majburiyatlarini
iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan e’lon berishi kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan
iqtisodiy hodisa (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 180-moddasi).
Biznes-inkubatorlar – maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o‘z
maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o‘qitish va ofis xizmatlarini
ko‘rsatuvchi tuzilmalar.
Ijtimoiy-amaliy markaz – ish bilan band bo‘lmagan aholi va ishsizlar
o‘rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish
bilan shug‘ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi
tuzilma.
Texnopark – o‘z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan
texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma.
Konsalting – ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida
ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va
texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |