Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tadbirkorlik riski – firmaning ko‘zlangan maqsadiga erishish yo‘lida 
duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir. 
Ishlab chiqarish riski – firmaning mo‘ljallangan miqdordagi va turdagi 
tovarlarni ishlab chiqara olmay qolishi. 
Tijorat riskida firma o‘zi mo‘ljallagan miqdorda va narxda hamda o‘z 
vaqtida tovarlarini sota olmay qoladi, natijada uning pul tushumlari 
ko‘zlanganidek bo‘lmaydi. 
Moliya riski – ko‘zlangan miqdordagi foydani olmasdan, belgilangan 
rentabellikka erisha olmay qolish yoki foyda o‘rniga zarar ko‘rish.
Transformatsion xarajatlar – ishlab chiqarish omillarining biror xil 
ne’matlar yaratishga sarflanishi, ya’ni tabiat «ashyosi»ni muayyan ne’matga 
aylantirish bilan bog‘liq xarajatlar. 
Soxta bankrotlik – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z majburiyatlarini 
iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan e’lon berishi kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan 
iqtisodiy hodisa (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 180-moddasi).
Biznes-inkubatorlar – maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o‘z 
maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o‘qitish va ofis xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi tuzilmalar. 
Ijtimoiy-amaliy markaz – ish bilan band bo‘lmagan aholi va ishsizlar 
o‘rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish 
bilan shug‘ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi 
tuzilma. 
Texnopark – o‘z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va 
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan 
texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma. 
Konsalting – ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida 
ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va 
texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling