Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tayanch tushunchalar: 
Korxona (firma), xususiy firma, mas’uliyati cheklangan firma, aksioner 
firma, davlat korxona (firma)si, aralash firma, xolding kompaniya, korxona 
(firma) siyosati (tijorat, narx, moliya, raqobat siyosati). Korxona daromadi
yalpi daromad, foyda, iqtisodiy foyda, rentabellik, bankrotlik, soxta bankrotlik
kapital, asosiy kapital, korxona xavfsizligi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Korxona (firma)ni ta’riflang. 
2. Xarajatlar, ichki va tashqi xarajatlar nima?
3. Korxonaning iqtisodiy manfaatlari deganda nimalarni tushunasiz? 
4. Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlarni sharhlang. 
5. Korxonaning bankrot bo‘lishi sabablarini tushuntiring.
6. Bankrot bo‘lgan firmani qanday oqibatlar kutadi? 
7. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish g‘oyat muhim ishligini 
tushuntirib bering. 


 225
8. Korxonaning tijorat sirlari va axborot obyektlarini himoya qilishning 
mohiyatini tushuntirib bering. 
9. 
Mamlakatimizda bandlik muammosini hal etishda korxona 
(firma)larning rolini izohlang. 
10. 
Kichik biznes imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishdagi 
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqidagi fikringizni bayon eting. 
11. Korxona xavfsizligi nima? 
12. Korxonalarning mamlakat iqtisodiy negizlarini mustahkamlashdagi 
o‘rni va roliga baho bering. 
13. Mustaqillik yillarida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
rivojlanishini tahlil qiling. 
14. Oilaviy korxonaning mohiyatini tushuntiring. 
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab 
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga 
oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli 
yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy 
korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan 
kichik tadbirkorlik subyektidir. 
Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki 
xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan 
foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki 
mahsulotni ayirboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, 
bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida 
amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Mikrofirma – kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, mamla-
katimizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra sanoat ishlab chiqarishning 
tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va 
umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma 
hisoblanadi. 
Kichik korxona – kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, 
mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra sanoat ishlab chiqarishning 
ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov 
berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 
kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar 
kichik korxona hisoblanadi. 
Firma – iste’molchilar ehtiyoji va o‘z rivojlanishini qondirish maqsadida 
tovar va xizmatlar tayyorlash va sotish uchun ishlab chiqarish omillaridan eng 
yaxshi foydalanish borasida mustaqil qarorlar qabul qiluvchi iqtisodiy birlik. 


 226

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling