Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Korxona (firma) xavfsizligini ta’minlashni
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona xavfsizligiga tashqi muhitning ta’siri.
4.1. Korxona (firma) xavfsizligini ta’minlashni
tashkil qilish va boshqarish Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida har bir alohida holatdagi aniq harakat bo‘lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati kabilarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o‘zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning 218 rahbari xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur. Xavfsizlik konsepsiyasi, birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi muhit ta’sirini inobatga olishi zarur. Bu ta’sirni quyidagi ko‘rinishida aks ettirish mumkin (1- chizma): 1-chizma. Korxona xavfsizligiga tashqi muhitning ta’siri. Shu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskunalarini qo‘riqlash tartibini ta’minlash. 2. Tezkor xavfsizlik, maxfiy axborotlarga bo‘lgan vakolatni boshqarish, kelib ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash. 3. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat personali (xodimlari)ni tayyorlash va o‘qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlarga qarshi kurash, yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari Korxonaning tashqi muhiti Bevosita ta’sir etuvchi omillar Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, xalqaro voqealar, guruh manfaatlarining ta’siri, fan-texnika taraqqiyoti, boshqa omillar Bilvosita ta’sir etuvchi omillar Yetkazib beruvchilar, mahsulot iste’molchilari, raqobatchilar, qonunlar va tartibga solish, kasaba uyushmalari, boshqa omillar 219 holatini kuzatib borish va hokazo. Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta’minlash natijalari to‘g‘risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollarda xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo‘limlarining zaruriy qoidalarni qo‘llash va ularga amal qilishini, nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko‘zda tutadi. Hozirgi jamiyatni axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta’minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valuta, kredit va huquqiy bo‘limlar kabi iqtisodiy bo‘linmalar bilan chambarchas bog‘liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka kuchliroq yondashgan holda, ularning faoliyatini to‘ldirishi zarur. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling