Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxona
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxona
(firma)ning o‘rni va roli 1. 1990-yillardagi vaziyat. Avvalgi ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitlarida sobiq Ittifoq iqtisodiyoti yagona xalq xo‘jaligi majmui sifatida tavsiflangan. Unda barcha ittifoqdosh respublikalarning butun Ittifoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi majburiy ishtiroki va «Markaz» tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishlar asosida milliy iqtisodiyotini ham rivojlantirishi aks ettirilgan. Biroq davlat boshqaruv holatidan va birinchi o‘rinda respublika- larning imkoniyatlari va manfaatlari nuqtai nazaridan qaraganda, bunday «birlik» respublikalarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini mustaqil hal qilish imkonini bermasdi. Respublikalarning milliy iqtisodiyotlariga kiritiluvchi investitsiyalar asosan umumittifoq «qozoni»dan olinardi va ko‘pincha qoldiq tamoyili asosida amalga oshirilardi. Bir qancha tarmoqlar va yirik ishlab chiqarish birlashmalari bir vaqtning o‘zida ham respublika, ham butun ittifoq vazirliklariga va mahkamalariga bo‘ysunar edi. Ittifoqdosh respublikalar SSSRning yagona xalq xo‘jaligi maj- mui tarkibida so‘nggi bor qatnashgan 1990-yil bo‘yicha statistik ma’lumotlar O‘zbekiston iqtisodiyotining ahvoli va tuzilmaviy tuzilishi to‘g‘risida ma’lum bir tushuncha beradi: jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida markazga bo‘ysunuvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog‘i 33 foiz, sanoat va ishlab chiqarishda mashg‘ul bo‘lgan xodimlar miqdorida – 35 foiz, sanoat va ishlab chiqarish asosiy fondlarida 65 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, respublika hukumatiga bo‘ysunuvchi korxonalar esa mos ravishda 67 foiz, 65 foiz va 35 foizni tashkil etgan 1 . 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɆɚΣɦɭɞɨɜ ɗ. ɏ. Ʉɨɪɯɨɧɚ ɢԕɬɢɫɨɞɢɺɬɢ: ȸԕɭɜ ԕʆɥɥɚɧɦɚ. – Ɍ., 2004. – Ȼ. 208. 211 Rejali iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvning negizi va asosiy usuli, vositasi hisoblanadi. Korxonada ishni tashkil qilish, ish haqi to‘lash, texnologik asbob-uskunalarni yangilash, korxona faoliyatini kengaytirish yoki qisqartirib optimallashtirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ma’naviy eskirgan mahsulotlar ishlab chiqarishni to‘xtatish kabi masalalarning birortasida obyektiv iqtisodiy zarurat hisobga olinmaydi. Bu masalalarda korxona mustaqillikka mutlaqo ega emas. Ularni hal qilish uchun yuqoridan ruxsat olinishi zarur. Texnologik qayta jihozlash tadbirlarini o‘tkazish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni esa besh yillik rejalariga kiritish talab qilinardi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro mustaqillik aloqalar o‘rnatilishiga, xom ashyo va butlovchi qismlarni, ishlab chiqilgan mahsulotni mustaqil, shartnomalar asosida yetkazib berilishiga deyarli ruxsat berilmasdi. Korxona o‘zidan 4–5 ming kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa korxonaga yoki savdo tashkilotiga qancha mahsulot jo‘natish to‘g‘risida yuqoridan topshiriq, naryad olardi. Sovet tuzumining turg‘unlik-yillari deb atalgan davrida korxonalar faoliyatiga xo‘jalik hisobi va ba’zi bir erkinliklarni joriy qilishga bo‘lgan urinishlar hech qanday natija bermaydi. Chunki iqtisodiy tizim, o‘z tabiatiga ko‘ra, bunday o‘zgarishlarni qabul qila olmas edi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo‘naltirilgan, bozor munosabatlariga o‘tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida izchil rivojlanib bormoqda. Bu model O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini bo‘lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish tufayli iste’mochilarning talablarini ham qondiradilar. Har bir mamlakatning sanoat quvvati fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko‘rsatkichlarini birinchi o‘rinda yirik korxonalar belgilab beradi. Korxonalar faoliyati milliy iqtisodiyot va 212 uning tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, bugungi iqtisodiyotning, jumladan, ularning tizimlarining ham ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning mustaqilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rentabellikning yuqori ko‘rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblanadi. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga tegishli bo‘lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi, rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo‘lishi faqat korxonalarning emas, davlatning ham nazoratida bo‘lishi zarur. Xuddi shuning uchun ham davlat korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga, ularni belgilangan tartibda nazorat qilib ham boradi. Davlat korxonalar «taqdiriga», ularning ishlab chiqarish faoliyati yaxshi natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uchragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik bularning barchasi korxona jamoasi uchun ham, davlat uchun ham og‘ir yuk hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha korxonalar ham raqobatchilikni yengib, samarali ishlab keta olmaydi hamda daromad yoki foyda ololmaydi. Natijada minglab korxonalar tashkil qilinib, xo‘jalik faoliyati doirasiga qo‘shiladi va deyarli shunchasi turli sabablarga ko‘ra tugatiladi. Shu sababli bankrotlik, korxonalarning tugatilishi bozor iqtisodiyot sharoitlarida odatiy hol bo‘lib, bu ahvolga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lsa-da, lekin bunga fojia sifatida qarash kerak emas. Bugungi kunda mamlakatimizda korxonani bankrot bo‘lishga olib kelmaslik, uning iqtisodiy mustaqilligi, faoliyat qobiliyati va daromadligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Korxonaning mehnat qobiliyati va daromadliligi milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa bo‘lishdan tashqari respublikamizda tobora ko‘payib borayotgan aholini ish bilan ta’minlashda ham ahamiyat kasb etishini unutmaslik muhim. Ko‘rinib turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ishlab chiqarilayottan mahsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari bu korxonaning aholini ish bilan ta’minlashdagi ishtirokiga ham bog‘liq bo‘ladi. Aholini ish bilan ta’minlar ekan, korxonalar o‘zlarining bevosita ishlab chiqarish vazifalarini bajarishdan tashqari ishsizlikning 213 kamayishiga, demak, mehnat faolligining ortishi va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga ham sababchi bo‘ladi. Bu yerda hamma narsa faqat korxonaning o‘ziga bog‘liq emasligi ko‘rinib turibdi, albatta. Chunki korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida xom ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi yoki mahsulot iste’molchilari sifatida harakat qiluvchi boshqa korxonalar bilan o‘zaro aloqaga kirishadi. Bu munosabatlarda har bir kamchilik va nuqsonlar, jumladan, xom ashyo, material va asbob-uskunalarni vaqtida yetkazib bermaslik, vaqtida haq to‘lamaslik, qarzlarni to‘lash muddatlarining o‘tkazib yuborilishi va boshqa xo‘jalik yuritish qoidalari va majburiyatlarining buzilishi korxona iqtisodiy ahvolining yomonlashuviga, uning nochorlikka uchrashiga olib keladi. Shu sababli korxonalar faoliyatini samarali va yuqori rentabelli darajada amalga oshirish zaruriyati, barcha korxonalar ishlab chiqarishni kerakli tarzda tashkil qilish hamda o‘z hamkorlari va davlat oldidagi majburiyatlarni qat’iy tarzda bajarish intizomi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbekistonda ko‘plab kichik, o‘rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini og‘ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o‘z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi. Ma’lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifoda- lanadi. Xo‘jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo‘lsa-da chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samaradorligining pasayishiga, xo‘jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sanoat korxonalarining o‘sish sur’atlari va tarmoq tarkibiga e’tiboringizni qaratamiz. Sobiq sovet xo‘jalik yuritish tizimining barham topish davridagi bir oz pasayishdan so‘ng, yurtimizda 1996-yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishi hajmi izchil o‘sib bormoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2009-yilda 1990-yildagiga nisbatan 2,7 barobar, 2010-yilda esa 3 214 barobar o‘sdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining davom etayotganiga qaramas- dan 2011-yilda sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foizga o‘sdi. Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o‘zgarish- larini birgina misolda, ya’ni 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo‘g‘i 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkich 24,1 foizga yetganida yaqqol ko‘rish mumkin. Sanoat mahsuloti umumiy o‘sishining qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sohalar tashkil etdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neft-kimyo sanoati (9,4 foiz), oziq- ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2011-yilda jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft-gazkimyo sanoati, neftgaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoat kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o‘rin egallamoqda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQShning «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur «Daymler Bens» va Samarqand shahrida Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‘z ichiga oladi. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1990–2010-yillarda 11,6 barobar o‘sdi. Faqat oxirgi o‘n yilning o‘zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar, avtobuslar 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash 12,9 barobar oshdi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoatining yaratilishi mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta’minladi. Neft va gaz kondensati qazib olish 1990-yilga nisbatan 1,4 barobar o‘sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish sur’ati 1990–2010-yillar davomida 1,6 barobar, 215 suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 15,2 barobar ko‘paydi. Energetika mustaqilligini ta’minlash, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi («Teknip», Fransiya) va Sho‘rtan gazkimyo majmuasi («ABB») barpo etildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog‘ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Qo‘ng‘irot soda zavodida 2006-yildan boshlab kalsiyli soda, Samarqand kimyo zavodida nitrokalsiy fosfat o‘g‘iti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 2010-yilda mintaqamizda yagona bo‘lgan Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi ishga tushirildi. 1990–2010-yillar davomida yog‘ochni qayta ishlash va selluloza- qog‘oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4 barobar, oziq-ovqat sanoatida 5,7 barobar, yengil sanoatda 3,8 barobar o‘sdi. 1990-yilga nisbatan ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko‘paydi. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2010-yilda 21 million kvadrat metrdan ziyod bo‘ldi, bu esa 2000-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan 13,6 barobar ko‘pdir. O‘tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neft, gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini jadal rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi va O‘zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektori qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda har xil tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlarning korxonalar faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘yilmagani bois, korxonalar iqtisodi samarali yo‘lga qo‘yildi. Ularning iqtisodiy xatti-harakatlari uchun javobgarligi kuchaytirildi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling