Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. 1. Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi
Yuqorida aytib o‘tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha davlat idoralarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘n kun mobaynida Moliya vazirligiga yagona davlat reyestriga kiritish uchun taqdim etishlari shart. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror, korxona nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriluvchi ro‘yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Korxonani davlat tomonidan ro‘yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza berilgan kundan boshlab, 30 kun muddatda amalga oshirilishi lozim. Korxonalarni ro‘yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar korxonani ro‘yxatga olish o‘z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi ro‘yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda, ta’sischi sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro‘yxatga olishdan asossiz ravishda bosh tortish mahalliy hokimiyat idoralarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin. Korxonani ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 1) korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza; 2) ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror; 3) korxona nizomi; 4) ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan nizom jamg‘armasining kamida 50 foiz miqdoridagi qismi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar; 5) davlat bojini to‘laganlik haqida guvohnoma; 6) monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini tasdiqlovchi hujjat; 209 7) Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat. Ro‘yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagi jarayonlar amalga oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha soliq idoralarida hisobda turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi mumkin. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling