Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tadbirkorlik daromadi – tovar va xizmatlarni sotishdan kelgan pul 
tushumi bo‘lib, bu yaratilgan tovar va xizmatlarning miqdoriga va ulardan har 


 202
birining bozor narxiga bog‘liq bo‘ladi. Yalpi daromad muayyan paytda firma 
topgan jami daromad bo‘lsa, tovar va xizmatlar birligini sotishdan kelgan pul 
o‘rtacha daromad hisoblanadi. Marginal daromad qo‘shimcha tovar birligini 
sotishdan tushgan qo‘shimcha pul bo‘ladi. Daromad birinchidan xarajatlarni 
qoplasa, ikkinchidan foyda hosil qiladi. 
Foyda – tadbirkorlik faoliyati uchun bizneschilar oladigan mukofot 
bo‘lib, uni tadbirkorlik qobiliyati va biznesga qo‘yilgan kapital keltiradi. 
Tadbirkorlik qobiliyati uchun olinadigan foyda me’yordagi foyda hisoblanadi 
va xarajatlar tarkibiga kiradi. Kapital uchun tegadigan foyda iqtisodiy foyda 
bo‘lib, daromadning jami xarajatlardan ortib qolgan qismi bo‘ladi. 
Tadbirkorlikda omad foydasi ham bor, bu mazmunan boshqalarnikidan 
ortiqcha foyda bo‘lib, bozor narxlarining kutilmaganda ortib ketishi tufayli 
hosil bo‘ladi, buni omadi yurishganlar oladi, u juz’iy bo‘lganidan narxlar eski 
holiga tushgach yo‘q bo‘lib ketadi. 
Foyda topish – xatar (risk)li ish. Risk tadbirkorlik yo‘lida xavf-xatarga 
yo‘liqib, o‘z maqsadiga erisha olmay qolishdir. Riskni noaniqlik yuzaga 
keltiradi, bu o‘z navbatida bozordan kelgan axborotning asimmetrik bo‘lishi, 
ya’ni real vaziyatni to‘la aks ettirmasligi natijasidir. Risk muqarrar bo‘lsa-da, 
uni boshqarish mumkin. Bu riskka har xil munosabatda bo‘lishni bildiradi: 
riskka bormaslik, riskka befarq bo‘lish, riskka borish. Risk yo‘q joyda kichik 
foyda bilan qanoat hosil etiladi, risk bor joyda katta foyda ham kutiladi. Riskni 
kamaytirish uchun ishlab chiqarish diversifikatsiyalanadi, tadbirkorlik xatari 
sug‘urtalanadi, risk sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi va nihoyat axborotdan 
samarali foydalaniladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling