Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z 
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga 
oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. 
Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab 
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga 
oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli 
yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy 
korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan 
kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning 
ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik 
subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Institutsional tadbirkorlik – iqtisodiy munosabatlar subyektining 
institutsional yangiliklarni yaratish va xo‘jalik amaliyotiga joriy etish bora-
sidagi faoliyati. 
Soxta tadbirkorlik – ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish 
maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) 
soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy 
manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlarini 
tuzish. (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 179-modda). 
Tadbikorlar riskini kamaytirishning ayrim yo‘llari: 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bunda kapital bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan turli sohalarga joylashtiriladi. Bunda bir yerdagi yo‘qotish boshqa 
yerdagi yutuq bilan qoplanib turadi. Sherikchilik kapitalini hosil etish – bunda 
shirkat firmalari tashkil etilib, uning kapitali bir necha sheriklarga qarashli 
bo‘ladi. Bu yerda faqat erishilgan yutuq emas, balki ehtimolidan yiroq 
bo‘lmagan yo‘qotish ham sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi. 
 Axborotni to‘plash va undan samarali foydalanish. Firma riskning 
oldini olish yoki uni kamaytirish uchun ichki va tashqi bozordagi ahvol, u 
yerda narxlarning o‘zgarishi, tovar sotilishining dinamikasi, raqobatchilarning 
fe’l-atvori va sa’y-harakatlari to‘g‘risida, partnyorlar ahvoli, davlat siyosatida 
kutilayotgan o‘zgarishlardan xabar topishi kerak. Firma oladigan axborot 
qanchalik xilma-xil, ko‘p manbali va miqdoran ko‘p bo‘lsa, shunchalik uning 
simmetrik bo‘lish ehtimoli katta.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling