Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


tartib-qoidalari to‘g‘risida


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

tartib-qoidalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun haqidagi 
ma’lumotimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarning bu 
boradagi yangiliklardan xabardor etishga ko‘mak beradi. 
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida 
ishlab chiqilgan qonunning ahamiyati va dolzarbligini qayd etish 
maqsadida yaqin o‘tmishga bir nazar tashlab, tadbirkorlar o‘z ishini 
boshlashi uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va kelishuvni olishda qanday 
qiyinchiliklarga duch kelganini bugungi kunda e’tirof etib o‘tish zarur.
Chunki, ushbu hujjatlarsiz ish boshlab bo‘lmasligi barchamizga yaxshi 
ma’lum. Zero, tadbirkor o‘z biznesi bilan shug‘ullana turib, amaldagi 
tartib-qoidalarga rioya etmog‘i, boshqalarning huquq va qonuniy 
manfaatlarini hisobga olishi zarurdir. 
Ammo ruxsat beruvchi hujjatlarni olish ko‘plab muammolar bilan 
bog‘lanib ketgan edi. Mahtal bo‘lib kutilgan ruxsatnoma qanchaga 
tushganini tadbirkorlarning ko‘pchiligi yaxshi ma’lum. Chunki ular uzoq 
vaqt mobaynida idoralar ostonasida sarg‘ayib turishga, turli hujjatlarni 
yig‘ishga vaqt, kuch va anchagina mablag‘ sarflashga majbur bo‘lishardi. 
Ish shu darajaga borgan ediki, hatto har bir idora turli xil ichki idoraviy 
buyruq va qoidalar chiqarib, o‘zlari tartib o‘rnatgan edi. Ushbu me’yoriy 
hujjatlarning ayrimlari amaldagi qonunchilik normalariga ham muvofiq 
emas edi. 
U yoki bu turdagi ruxsatnoma va kelishuvlar olishni tartibga soluvchi 
qoida hamda me’yorlarning shaffof emasligi, shuningdek, ushbu 
hujjatlarni beradigan organlarning ko‘pchiligi qo‘shimcha ma’muriy 
to‘siqlarni yaratib, O‘zbekistonda tadbirkorlik va sog‘lom raqobatchilik 
muhitining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Sir emas, ayrim 


 198
amaldorlar yuzaga kelgan vaziyatdan o‘zining shaxsiy g‘arazli 
maqsadlarida ham foydalanganlar. Bugunga kelib Prezidentimiz qo‘ygan 
talablar asosida ushbu muammolarni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar 
ko‘rilmoqda. Bunday ishlar, ayniqsa, mamlakatimizda faol demokratik 
o‘zgarishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davriga to‘g‘ri keldi. 
2003-yilning sentabridan boshlab bu boradagi vaziyat tubdan o‘zgara 
boshladi. O‘shanda hokimiyatlar huzuridagi maxsus inspeksiyalarda 
ruxsatnoma va kelishuvlar olishni soddalashtirish uchun «bir darchaga» 
tizimi joriy etildi. Bu tizim tadbirkorlarning idorama-idora sarson 
yurishiga barham berib, hujjatlar to‘plamini bitta joyda topshirishga 
imkon yaratdi. Muhimi, barcha qolgan ishlarni tegishli davlat organlari 
bajarishi lozim edi. Yangi tizim o‘zining ijobiy jihatlariga qaramay, bir 
qator muammolarni hal etolmadi. Xususan, «bir darchaga» ruxsatnoma va 
kelishuvlarni olish faqatgina to‘rtta ruxsatnoma turlari bilan cheklangan 
edi. Bular: 
inshootlarni qurishga
inshootlarni ta’mirlash va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishga; 
turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga;
auksion savdolarida xarid qilingan yer uchastkalarida inshootlar 
qurishga berilardi. 
Ayni paytda «bir darchaga» doirasidan yer uchastkalaridan foydala-
nish huquqini beruvchi ruxsatnomalar, gigiyenik sertifikatlar olish, 
yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqligi haqida xulosalarni olish 
singari ko‘plab ruxsatnoma va kelishuvlar chetda qoldi. Tadbirkorlar 
o‘zlari olishga majbur bo‘lgan mazkur hujjatlarning bir qismini yangi 
tizimga kiritishlari ham mumkin edi. 
Qolaversa, ko‘pchilik tadbirkorlar yangi tizim bo‘yicha ruxsat 
beruvchi guvohnomalarni olish muddati qonunchilikda ko‘zda 
tutilganidan uzayib ketishini ta’kidlashgan. Bu, o‘z navbatida, tashkiliy 
ishlar vaqtini kechiktirib, ular biznesining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatardi. 
Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan yana ko‘plab e’tirozlar 
bildirilardi. Xususan, ularning fikricha, talab qilinadigan ruxsatnoma va 
kelishuvlar soni haddan tashqari ko‘p bo‘lib, ularning hammasi ham 
asoslab berilmasdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabr PQ-
186-sonli «Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling