Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

imkoniyatini bermoqda.
2012-yilda mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalar, shuningdek, 
xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha rag‘bat va imtiyozlar berildi. 2012-
yilning iyul oyida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda 
ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada 
ko‘proq erkinliklar berish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ikkita farmoni qabul 
qilindi. 
Mamlakatimizda statistik, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim 
etish, soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lash, ro‘yxatga olish va ruxsat 
berish jarayonlarini amalga oshirish, xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari va 
tavsiyanomalar kiritish bo‘yicha elektron tizimni keng joriy etish ko‘zda 
tutilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida davlat, nazorat qiluvchi organlar bilan 
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni sezilarli darajada 
qisqartirish yoki butunlay bekor qilish imkonini beradi. 
Tasdiqlangan choralar 2012-yilning 1-avgustidan boshlab biznesni 
ro‘yxatga olish paytidagi tartib-qoidalar sonini ikki barobar qisqartirish 
imkonini berdi, ro‘yxatdan o‘tishdan avval birlamchi ustav jamg‘armasini 
shakllantirish bo‘yicha talab bekor qilindi, tadbirkorlik subyektlarining 
sud xarajatlari 2,5 barobar qisqartirildi. 


 194
Davlatning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini tubdan 
kamaytirish maqsadida joriy yilda ruxsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, 
shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilindi, 
moliyaviy hisobotlarni topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar 
qisqartirildi. Bundan tashqari, 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab 65 ta 
statistik hisobot va 6 ta soliq hisoboti shaklini bekor qilish, ularni 
topshirish davriyligini ikki barobardan ziyod qisqartirish haqida qaror 
qabul qilindi. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Mamlakatimizda qabul qilingan 
qonunchilik talablariga ko‘ra, davlat organlarining noqonuniy 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling