Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Yashirin tadbirkorlik – rasman ruxsat etilmagan, lekin amalda
xufiyona tarzda va sir saqlangan holda yuritiladigan tadbirkorlik. Hozirda odam savdosi global xavfsizlik, jamiyat barqarorligi, jahon hamjamiyatining rivojlanishiga tahdid solayotgan jinoyat sifatida baholanmoqda. U xavflilik darajasi bo‘yicha noqonuniy qurol-yarog‘ sotish va narkobiznes kabi transmilliy jinoyatlar bilan bir qatorga qo‘yilmoqda. Odam savdosi transchegaraviy, kompleks xarakterga ega, uyushgan guruhlar tomonidan sodir etiluvchi juda keng tarqalgan jinoyat bo‘lib, unda inson «tovar»ga aylantiriladi. Amalda esa bu qullikning zamonaviy shaklidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili 2 million 800 ming kishi odam savdosining qurboni bo‘ladi. Bu esa odam savdosi xalqaro jinoyatchilikning serdaromad moliyaviy manbaiga aylanganligini ko‘rsatib, bu fikr ekspertlarning xulosalariga qaraganda, odam savdosidan yiliga ko‘riladigan daromad 7 mlrd. AQSh dollaridan oshayotganligi bilan tasdiqlanadi. Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, odam savdosi 12 millionga yaqin kishini «to‘riga ilintirib», yiliga 32 mlrd. AQSh dollari miqdorida daromad olayotganligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra: «Odam savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqacha majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan 186 foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ularni shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olishni anglatadi». Xalqaro migratsiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar odamlarni nafaqat jinsiy yoki mehnat ekspluatatsiyasi, balki ularning ichki organlarini transplantatsiya qilish, narkotik moddalarni tarqatish, boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish uchun ham yollab majburlamoqdalar. Shuningdek, BMT e’lon qilgan ma’lumotlarda yanada dahshatliroq raqamlar keltiriladi. Xususan, ayni paytda, 12 mln.dan ziyod kishi qullik iskanjasida ekanligi, insoniyatning uzoq o‘tmishida bunday ayanchli holat kuzatilmaganligi aytiladi. Biroq, ayrim ekspertlar bu raqamlarni dengizdan tomchi, deya ta’kidlamoqdalar. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayyoramiz bo‘yicha 200 mln.dan ziyod kishi zamonaviy qulchilik qurboniga aylangan. Qiyoslash uchun: so‘nggi 400 yil davomida birgina Afrika qit’asidan okeanorti mamlakatlariga 12 mln.dan ziyod tirik tovar olib ketilgan. Ushbu jinoyat chegara bilmas jinoyatga aylanib, hozirgi kunda dunyoning 127 mamlakatiga tarqalgan. 137 ta davlatga esa, iqtisodiy beqarorlik, surunkali ishsizlik hukm surayotgan joylardan majburiy ishlatish uchun odamlar keltirilishi davom etmoqda. Ushbu qabih jinoyat insoniyatning kelajagi bo‘lgan bolalarni o‘z domiga tortayotgani esa eng xunuk va eng dahshatli ijtimoiy hodisaga aylandi. Yana Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotini keltiramiz. Unga ko‘ra, 2010-yilning 1-yanvariga qadar 5,7 mln. bola o‘g‘irlangan bo‘lib, ulardan 1,2 mln. nafari qurbon bo‘lgan, qolganlari esa og‘ir mehnatga jalb etilgan. Asosan norasidalarning sog‘lom tana qismlari pullansa, qo‘lida qurol ushlay oladigan 300 mingga yaqin bola mintaqalardagi mavjud 30 ta qaynoq nuqtalarda askar sifatida jalb qilishga majburlanmoqda. Alohida ta’kidlanishi lozim bo‘lgan holat shuki, shahvoniy va boshqa g‘araz maqsadlarda yollangan ayollarning asosiy qismi «iste’molchi» davlatlar – Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Turkiya mamlakatlariga yuborilgan. Fuqarolarimiz chet davlatlarga «tranzit» mamlakatlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon Respublikalari orqali olib chiqilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 85–90 187 foizi Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida tekin ishchi kuchi sifatida foydalanilib, ekspluatatsiya qilingan. Jinsiy ekspluatatsiyada jabrlanuvchilardan ko‘chada, fohishaxona- larda, striptiz klublarda, restoran va tungi barlarda, saunalarda, uqalash xonalarida, shaxsiy uylarda mijozlarning xohishiga ko‘ra barcha turdagi jinsiy xizmatlarni bajarishlari talab qilinadi va sutkalab ekspluatatsiya qilinadi. Bular faoliyati yashirin sexlar (jinoiy biznes) faoliyatiga aylantirilgan. So‘nggi paytlarda MDH mamlakatlari ommaviy axborot vositalari ushbu dahshatli ijtimoiy hodisaning qurboni bo‘lmasliklari uchun quyidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishga harakat qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston OAV tomonidan jabrlanuvchilarni bo‘ysundirish maqsadida shaxsiy hujjatlarini olib qo‘yish; yo‘l xarajatlari uchun berilgan pul qarz ekanligi va uni ishlab qutulishi lozimligini uqti- rish; boshqa insonlar bilan aloqa qilishini mutlaqo cheklash, yopiq xonadonlarda saqlash, doimiy nazoratda ushlash; mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaganligi uchun javobgarlikka tortilishi va deportatsiya qilinishi; ularga yoki ularning yaqinlariga nisbatan jismoniy yoki boshqa turdagi zo‘ravonlikni qo‘llash bilan qo‘rqitish kabi holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazilmoqda. Bu fuqarolarimizda ogohlikni oshirish va shu kabi hodisalarning qurboniga aylanmaslikning oldini olish maqsadida qilinmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling