Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanish sur’atlari (foiz) 2000-yil 2005-yil 2010-yil 2011-yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi, foiz YAIMda 31,0 38,2 52,5 54,0 Sanoatda 12,9 10,0 21,1 – Ish bilan band bo‘lganlarning umumiy sonida 49,7 64,8 74,3 74,3 Eksportda 10,2 6,0 13,6 16,3 Kimki tadbirkorlik ishi bilan shug‘ullansa, o‘sha tadbirkor deyiladi. Barcha tadbirkorlik birgalikda tadbirkorlar toifasini tashkil etadiki, bu ma’lum guruh kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy yaxlitligini tashkil etadi. Tadbirkorlarga xos umumiylik shuki, ularning barchasi xususiy mulk sohiblari va foyda topishni ko‘zlaydilar, boy-badavlat yashab, ish beruvchilar hisoblanadilar, ular tavakkaliga ishlab, o‘zaro bellashadilar, iqtisodiy faol hisoblanadilar. Mazkur umumiylik tadbirkorlarning maxsus toifa hosil etishiga asos beradi. O‘zbekistonda tadbirkorlar toifasini shakllantirish va mavqeini mustahkamlash yo‘li tutilmoqda. Bu toifaga xususiy korxona egalari, qo‘shma korxonalardagi sheriklar, fermerlar, dehqon xo‘jaligi sohiblari va yakka tartibda biznes bilan shug‘ulla- nuvchilar kiradi. Biznes turlarining iqtisodiyotdagi salmog‘i har xil bo‘ladi. Yigirma bir yil avval O‘zbekistonda tadbirkorlik deyarli yo‘q edi. Bugun esa mavjud barcha xo‘jalik subyektlarining 90 foizdan ortig‘ini kichik biznes korxonalari tashkil etadi. 2012-yilda yalpi ichki mahsulotning 54,5 foizi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 22 foizi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich katta emas. Tadbirkorlar boy toifa hisoblansa-da, tarkiban bir xil emas. Katta korxona egasini mayda, o‘zi ishlaydigan tijoratchilar bilan solishtirib bo‘lmaydi, albatta. Tadbirkorlarning o‘z iyerarxiyasi, ya’ni martabasiga qarab o‘rin egallashi bor. Ular ham quyi, o‘rtacha, yuqori va oliy tabaqalarga ajraladi. Tadbirkorlar toifasi quyidan yuqoriga qarab quyidagi tabaqalarga ajraladi: 183 1) faqat foyda olishni ko‘zlab, uning ketidan tinimsiz quvuvchi tadbirkorlar. Ular biznesga yangidan kirib kelgan bo‘ladilar, shu sababli ular boyib ulgurmagan va quyi tabaqani hosil etadilar; 2) foyda ko‘rish bilan birgalikda o‘z ishidan qoniqish oluvchi tadbirkorlar. Bular ma’lum darajada boylik to‘plab ulgurganidan biznesda o‘z o‘rnini topishga intiladilar. Ularni tadbirkorlarning o‘rta toifasiga kiritish mumkin; 3) foyda olib, o‘z ishidan qoniqish hosil etishdan tashqari biznes olamida o‘z hokimiyatini o‘rnatishga va raqobatda doimo g‘alabaga intiluvchi tadbirkorlar. Ular tadbirkorlik iyerarxiyasidagi yuqori qatlamni hosil etadi, shu sababli biznes elita deb yuritiladi; 4) yuqori foydaga ega bo‘lishdan tashqari, biznes olamida mutlaq hokimiyat o‘rnatishga, o‘z biznes imperiyasini tashkil etib biznes tarixida o‘z nomini qoldirishga intiluvchilar ham mavjud. Bular biznesdagi super elitani hosil etadilar. Uchinchi va to‘rtinchi toifadagi tadbirkorlar dunyoning eng boy milliarderlaridir. Dunyoning eng boy odami «Microsoft» firmasining egasi B. Geyts hisoblangan. O‘zbekistonda mol-mulkni xususiylashtirish tartibli ravishda va qattiq nazorat ostida o‘tkazilganidan bu yerda katta mulkni tekinga o‘zlashtirish hisobidan shakllangan oligarxlar guruhi Rossiyada bo‘lganidek yuzaga kelmadi. Shu sababli bu yerda elita va super elita toifalari kuzatilmadi, tadbirkorlar iyerarxiyasida uning birinchi va ikkinchi toifalari asosiy o‘rin egalladi. Tadbirkorlik yuzaga kelishi uchun tadbirkorlik qobiliyatining mavjudligi kifoya qilmaydi. Buning uchun yetarli miqdorda kapital ham topilishi kerak. Turli sohalardagi biznesning kapital sig‘imi, ya’ni uni boshlash uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori turlicha bo‘ladi. Bir yerda u katta bo‘lsa, boshqa yerda kichik bo‘ladi. Lekin bundan qat’i nazar, biznes boshlash uchun minimal miqdorda kapital to‘plash zarur. Shu massa jamg‘arilgach, tadbirkorlik faoliyati boshlanadi. Shu sababli o‘tish davrida kapitalning dastlabki jamg‘arilishi yuz beradi. Kapital quyidagi yo‘llar bilan boradi, bu yo‘llar O‘zbekistonga ham xos. Tadbirkorlar toifasi ikki yo‘l bilan shakllanadi: 1) tadbirkorlik avloddan-avlodga o‘tadi, ya’ni bu toifa o‘zini o‘zi takroran yaratadi. Buning natijasida tadbirkorlar sulolasi paydo bo‘ladi. Masalan, AQShda Fordlar, Mellonlar, Dyuponlar sulolasi, Fransiyada Rotshildlar, Germaniyada Krupplar sulolasi yuzaga kelib, so‘ngra tarqab ketgan; 184 2) ilgari tadbirkorlik qilmaganlar tadbirkorlikka qo‘l uradi, natijada tadbirkorlar safiga kirib boradi. Bu yo‘l o‘tish davridagi mamlakatlarga, jumladan O‘zbekistonga xos. O‘zbekistondagi tadbirkorlarning kelib chiqishini tahlili ko‘rsatishicha, ular tadbirkorlikdan oldin turli kasb sohiblari bo‘lganlar. Hozirgi tadbirkorlar avlodi yangidan shakllangan bo‘lsa, ularning so‘nggi avlodi o‘zini o‘zi qaytadan yaratish asosida yuzaga keladi. Tadbirkorlar toifasining shakllanib ulgurishi o‘tish davrining tugallanganini bildiradi, chunki iqtisodiyot bozor qoidalariga amal qiluvchi faol kishilar qo‘liga o‘tadi. Tadbirkorlik quyidagi guruhlardan tashkil topadi: ¾ mayda ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan ishbilarmonlar, ularni odatda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchilar deb atashadi; ¾ intellektual mulk sohiblari, aqliy ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar; ¾ fermerlar, tomorqa xo‘jaligi sohiblari, dala hovli egalari; ¾ jamoa va aksionerlar mulkining birgalikdagi egalari. Aytish joizki, 21 yil avval O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik deyarli yo‘q edi. Totalitar iqtisod bunga yo‘l qo‘ymas edi. Vaholanki, bizda ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tadbirkorlik an’analari tarixiy bo‘lib, ota- bobolarimiz asrlar davomida o‘z yeri, mulki va kasb-korini e’zozlab, qadrlab, asrab-avaylab kelganlar. Tariximizda azal-azaldan xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutgan. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling