Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoaviy-guruhiy tadbirkorlik
- Davlat tadbirkorligi
Mulkiy jihatdan xususiy, jamoaviy-guruhiy va davlat tadbirkorligi
ajratiladi: Xususiy tadbirkorlik – bu xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik. Bu yerda tadbirkorlikka jalb etilgan moddiy, moliyaviy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlar, ularni sotishdan kelgan daromad, birinchidan, individual (yakka tarzdagi), ikkinchidan, korporativ (guruh tarkibidagi) xususiy mulk hisoblanadi. Bozor iqtisodining yetakchisi xususiy tadbirkorlik hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekistonda xususiy mulkning ustuvorligini ta’minlash strategik vazifa hisoblanadi. O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jami tovar va xizmatlarning 54 foizdan ziyod qismini (2012-y.) yaratgan. O‘zbekiston- dagi xususiy tadbirkorlik xususiy korxonalar (firmalar), fermer va dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibda biznes qilish doirasida kechadi. Jamoaviy-guruhiy tadbirkorlik xususiy mulk sohiblari o‘z mulkini ko‘ngilli ravishda birlashtirganda paydo bo‘ladi. Bu turli kooperativlar, uyushmalar va shirkatlardan iborat. Bu yerda mulk ikki qismga ajraladi, birinchisi – jamoaga birikkanlarning umumiy mulki, ikkinchisi – ularning individual mulki. O‘zbekistondagi tadbirkorlikning bu turi kichik kooperativlardan va qishloqdagi shirkat xo‘jaliklaridan iborat. Davlat tadbirkorligi – bu davlatga qarashli korxonalar faoliyati bo‘lib, iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etadi. Ular davlat mulki hisoblanadi, lekin bozor qoidalariga amal qilgan holda mustaqil ish yuritadilar. Davlat sektorining iqtisodiyotdagi o‘rni har xil bo‘ladi, biroq ko‘pchilik mamlakatlarda uning yaratilgan tovar va xizmatlar miqdoridagi hissasi 20 foiz atrofida bo‘ladi. Tadbirkorlik o‘zining yo‘nalishi, ya’ni qaysi sohada yuz berishiga qarab, industrial, agrar va servis bizneslariga ajraladi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilar: 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 2) ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, 181 chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan kichik firmalar. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling