Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimizda demokratik islohot- larni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»
1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish zaruriyati XXI asrda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, avval ta’kidlaganimizdek, o‘rtacha mulkdorlar sinfi vujudga kelishiga yordam beradigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Shu bois, O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchi, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lida faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida so‘zlagan «Mamlakatimizda demokratik islohot- larni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida respublikamiz iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va ulushini yanada kengaytirish hamda uning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlarni qabul qilish muhim masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Aytish joizki, bugungi kunga kelib yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ko‘payib, uning yurtimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli sezilarli darajada oshmoqda. XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida aholisi soni bo‘yicha dunyoda 39-o‘rinda turadigan O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishni izchil 175 davom ettirish orqali davlatimiz iqtisodiy negizlarini yanada mustah- kamlash va xalq farovonligini yanada yuksaltirish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlatimiz rahbari Islom Karimov asosiy e’tiborni qaratib, «yaqin besh-o‘n yil ichida ushbu sohada yalpi ichki mahsulotning salmoqli ulushini ishlab chiqarishga erishish» vazifasini qo‘yadi hamda «bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta’minlash va uning daromadlari o‘sishining eng muhim manbalaridan biriga aylanishi lozim» ekanligi va «mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori bo‘lmish kichik va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iborat»ligini uqtirib o‘tdi. Shu bilan birga, «xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko‘payishini ta’minlash» ustuvor vazifa ekanligini bundan qariyb 5–6 yil ilgari ta’kidlaganini eslash joiz. Ushbu sohani rivojlantirishga vaqtida qilingan e’tibor bugunga kelib o‘z natijasini berdi. Shu bois, davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo‘lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o‘rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi», – deb ta’kidlaganida yuz karra haq edilar. Chunki mulkdorlar sinfi biz qurayotgan huquqiy demokratik davlatning iqtisodiy va siyosiy negizini tashkil etadi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik dunyoning taraqqiy topgan davlatlarida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmida yetakchi va hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, aynan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda eng samarali vosita, aholi bandligini ta’minlash, uning daromadlari oshib borishining g‘oyat muhim omili hisoblanadi. Darha- qiqat, kichik biznesning YAIMdagi hissasi AQShda 50–55 foiz, Buyuk Britaniyada 55–60 foiz, Italiyada 57–60 foiz, Germaniyada 50–55 foiz, Yaponiyada 52–55 foiz, Xitoyda 60–65 foizni tashkil etadi, umumiy bandlikda 50–70 foizni va jami korxonalarda 97–99 foizni tashkil etadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning tajribasiga yana e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning iqtisodiy o‘sishi biznesning ushbu shakliga davlat tomonidan alohida ahamiyat berilayotganligi va qo‘llab- quvvatlanayotganligi samarasi ekanini kuzatish mumkin. Masalan, Xitoy davlati hukumatining taxminiga ko‘ra, iqtisodiyotning to‘liq modernizatsiyasi 2030-yilga kelib tugaydi, bunda hukumat asosiy o‘rinni kichik biznes tashkil etishiga e’tibor qaratadi. 176 «SNN Time Warner Group» tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Singapur davlati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi. Mazkur mamlakatda kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud korxonalar umumiy sonining 90 foizini tashkil etadi va har-yili ular tomonidan aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘sish 5–6 foiz ko‘tarilib bormoqda. Fan sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxonalar rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlash borasida Yaponiya tajribasi e’tiborga loyiqdir. Yaponiyada barcha kompaniyalarning 99,6 foizi, sotilgan mahsulotning 55 foizi va sanoatda band bo‘lganlarning 80 foizi kichik va o‘rta korxonalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik nafaqat mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, balki yuz berishi mumkin bo‘lgan turli inqirozlardan chiqib ketishda ham katta ahamiyatga ega va eng asosiysi, barqaror, shu bilan birga, tez moslashuvchan soha hisoblanadi. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu masalaning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Binobarin, kichik tadbirkorlikning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj tovarlari bilan to‘ldirishni ta’minlashdagi roli beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekis- tonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati» mavzuidagi xalqaro anjumanning ochilish marosimidagi nutqida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash nima bilan, qanday omil va sabablar bilan bog‘liq edi», degan savolga javob berar ekan, ular quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidladi: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling