174
oladigan tovar ishlab chiqaruvchidir. U yangilikni joriy eta oladigan,
ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanib, iqtisodiy o‘sishni
ta’minlaydigan, o‘zining va o‘z jamiyatining boyligini
oshiradigan,
kishilarning farovonligiga hissa qo‘sha oladigan bo‘lishi zarur.
Bugungi kunda Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda bizning asosiy ustuvor yo‘nalishimiz
bundan buyon ham biznes,
jumladan, xususiy biznes uchun zarur bo‘lgan
barcha qulay sharoitlarni yaratishdan,
davlatning iqtisodiyotdagi
ishtirokini izchil kamaytirib borishdan iborat bo‘lib qolaveradi».
Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir
qonunchilikni yanada mustahkamlash masalasiga mamlakatimizda katta
e’tibor qaratilmoqda. Chunki tadbirkorlik iqtisodiy taraqqiyotni belgilov-
chi kuch hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: