Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Huquqiy tizim – mamlakat hududida amal qiladigan barcha yuridik 
vositalar, institutlar va muassasalarning yig‘indisi bo‘lib, butun jamiyat 
hayotining huquqiy tashkil etilishini ifodalaydi.
3.2. Davlat iqtisodiy o‘zgarishlarning tashkilotchisi va bosh islohotchisi. 


 167
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi, 
iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o‘zgartirish rejalarini 
tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur. 
3.3. Davlat iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: 
bozor iqtisodiyoti huquqiy asoslarini ta’minlash; 
bozor mexanizmi yaxlitligi va uning normal ishlashi uchun shart-
sharoit yaratish; 
aholini iqtisodiy jihatdan himoya qilish va daromadlarini adolatli 
taqsimlash; 
atrof-muhitni muhofaza etish; 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning samarali rivojlanishini ta’minlash. 
3.4. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning 
iqtisodiy vazifalari: 
tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo‘nalishlarini 
ishlab chiqadi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategik 
yo‘lini belgilaydi va bu yo‘lni o‘tkazish yuzasidan taktik xatti-harakatlarni 
amalga oshiradi;
bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy erkinliklarning 
kafolati vazifasini o‘taydi; 
bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug‘diradi; 
vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tuzilmalari qaror topishi va 
rivojlanishiga ko‘maklashadi; 
aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatni amalga oshiradi 
(ustuvor yo‘nalishlarni aniqlaydi); 
hamma ma’lum iqtisodiy vositalar – moliya, kredit, soliq, valuta 
siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazishning choralari 
orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi
iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda 
hal etadi. 
4. O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng 
muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘zining barcha bosqichlarida 
oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazishdir. 
5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. 
Bozor iqtisodiyoti tomon izchillik bilan bosqichma-bosqich borishda 
O‘zbekistonga xos xususiyat mana shundadir. 
5.1. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida dastlabki vazifalar: 
bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish; 
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish; 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; 
bozor infratuzilmasini yaratish; 


 168
mulkning xilma-xil shakllarini rivojlantirish; 
bevosita xo‘jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish; 
narx-navoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish; 
iqtisodiyotning ochiqligi va jahon tizimiga kirib borishini ta’minlash; 
tadbirkorlikni rag‘batlantirish; 
iqtisodiyotni ma’naviy barqarorlashtirish, milliy pulni joriy etish. 
5.2. Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish xususiyatlari: 
bu mavjud xo‘jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish 
emas, balki tamoman yangicha xo‘jalik yuritish tizimini joriy etishdir;
bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o‘tishdir;
bu odamlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir;
bu bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi 
mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq davrni 
talab etadi.
6. Taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ning hayotiyligi. Mustaqil rivojla-
nishning o‘tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning «O‘zbek 
modeli» asosli va to‘g‘ri bo‘lib chiqdi, deb aytish uchun to‘la imkon beradi. 
Bugun uni obro‘li xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jahonning ko‘pgina 
mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi – hayotning o‘zi uni tasdiqlamoqda. 
7. «O‘zbek modeli»ning amaliy natijalari: 
iqtisodga ortiqcha siyosiy tus berilmadi, mafkuradan xoli etildi;
iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda davlatning roli kuchaytirildi;
bozor munosabatlariga o‘tish odamlar ongini o‘zgartirish bilan 
bog‘liq holda asta-sekin amalga oshirildi;
iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosat bilan qo‘shib olib 
borildi, bu ijtimoiy keskinlikning oldini olishga olib keldi;
bor imkoniyatlar, cheklangan resurslar iqtisodiyotning hayotiy 
ustuvor sohalariga qaratildi;
mamlakatning neft mahsulotlari, gaz, yoqilg‘i hamda don bilan 
ta’minlash sohalariga ustuvor sohalar deb qaraldi;
ishlab chiqarishning keskin pasayishiga yo‘l qo‘yilmadi.
8. Islohotlar natijasida O‘zbekistondagi barcha yer osti va usti boyliklari, 
barcha korxonalar, transport va aloqa vositalari, boy xom ashyo, yerimiz, 
suvimiz respublika mulkiga aylantiriladi. O‘zbekiston markazning iqtisodiy 
sohaga hukmronligidan xalos bo‘ldi, iqtisodiyotimiz to‘la-to‘kis respublika 
aholisi manfaatiga xizmat qiladigan bo‘ldi. 
9. O‘zbekiston uchun bosh yo‘l va maqsad iqtisodiyoti rivojlangan, xalqi 
farovon yashaydigan, inson haq-huquqlari to‘la tantana qilgan, chinakam 
demokratik jamiyat barpo etishdan iborat. Shunday jamiyat sari borishning 


 169
sharti bozor iqtisodiyotiga o‘tish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti ishlab 
chiqarishni barqaror va shaxdam o‘stirish vositalarini yuzaga keltirishi bilan 
istiqbolli hisoblanadi.
Butun dunyo tajribasi ko‘rsatganidek, iqtisodiy yuksalish uchun bozor 
munosabatiga o‘tishdan boshqa umid yo‘li yo‘q. Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy 
taraqqiyotning sifat jihatidan yangi yo‘llarini ishlab chiqdi, tartibga solingan 
bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan.
10. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining hamma yerda o‘ziga xos 
xususiyatlari bor. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ishlab 
chiqilgan O‘zbekiston konsepsiyasi mana shundan kelib chiqadi va bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘li borligiga asoslanadi. Bu yo‘l bozor 
iqtisodiyotini O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda 
izchillik bilan shakllantirib borishni, unga sekin-asta, bosqichma-bosqich, 
xalqni himoya qila borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali o‘tishni 
bildiradi. Ammo bu bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan qandaydir yangi milliy 
qonuniyatlar bor va ular faqat O‘zbekistonga xos degan so‘z emas. Bozor 
iqtisodiyoti umuminsoniy istiqbol yo‘li, insoniyat uchun umumiy qadriyat 
hisoblanadi, uning rivojlanish qonun-qoidalari ham umumiy, lekin bu 
umumiylik xususiylikni inkor etmaydi, aksincha, uni taqozo qiladi. Bozor 
iqtisodiyoti mavhumlik emas, aniq ko‘rinishga ega va bu har bir mamlakatning 
o‘ziga xos sharoitida ifoda etiladi. 
11. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi shu iqtisodiyotning tub 
belgilarini ilmiy izohlagan holda, ularni shakllantirish yo‘llarini ochib beradi. 
Bozor iqtisodiyoti keng ma’noda erkin, monopollashmagan, yuksak 
rivojlangan va aniq ijtimoiy mo‘ljalga ega bo‘lgan iqtisodiyot deb qaraladi, 
unga iqtisodiy faoliyat erkinligi, mulk shakllarining tengligi; iqtisodiyot 
subyektlarining raqobatlashuvi, xo‘jalik yuritish shakllarining turli-tumanligi, 
iqtisodiyotni tartiblash zarurligi, ijtimoiy hayotda ijtimoiy hamkorlik 
munosabati bo‘lishi qayd etiladi. 
12. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li – bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
yo‘li, yangi iqtisodiy tizim zamirida inson manfaatini yuzaga chiqarish, uning 
mehnatini qadrlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy himoyalash 
maqsadlari yotadi. Tarixan tasdiqlangan tajribaga ko‘ra, bozor mexanizmi 
ijtimoiy yangilanishning eng samarali vositasi hisoblanadi, chunki u xalqning 
ijodiy va mehnat potensialini to‘la ishga tushiradi, boqimandalik va 
tekinxo‘rlik kayfiyatiga chek qo‘yadi, iqtisodiy tashabbus va ishbilarmonlikni 
rivojlantiradi, har bir kishini milliy boylikni orttirishdagi mas’uliyatini 
oshiradi, har bir kishini boy qilish orqali jamiyatni ham boy qilib boradi. Bozor 
munosabatlari ishlab chiqarishni iste’molchining talab-ehtiyojiga bo‘ysun-
diradi, yangilikka, tejamli xo‘jalik yuritishga, kasbiy mahorat va tashabbusni 
qadrlashga undaydi. 


 170
13. O‘zbekiston konsepsiyasi bozor iqtisodiyotini ilohiylashtirishdan 
yiroq, uning o‘z muammolari borligini e’tirof etadi, unga o‘tish uzoq davom 
etishini, iqtisodiy beqarorlik, ishlab chiqarish munosabatlarida buzilishlar 
bo‘lishi singari noxush voqealar bo‘lib turishini nazardan qochirmaydi hamda 
davlat ishtirokida ularning oldini olish va yoyilishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-
tadbirlarini ko‘radi. Unga ko‘ra bozor iqtisodiyoti inqilobiy sakrashlar, ijtimoiy 
to‘qnashuvlar orqali emas, balki tinchlik vaziyatida, ketma-ket evolyutsion 
o‘zgarishlarni o‘tkazish orqali shakllanadi. 
14. Qariyb 21 yillik mustaqil taraqqiyot yillari mobaynida iqtisodiy 
yutuqlarni tahlil etar ekanmiz, bu natijalarga avvalo keng ko‘lamli tizimli 
bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish, 
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni 
modernizatsiya qilish hamda boshqa izchil islohotlar, puxta o‘ylangan siyosat 
orqali erishayotganimizni alohida qayd etish lozim. 
Bu haqda chet el ekspertlari har yili dunyoning 162 ta mamlakati bo‘yicha 
iqtisodiy erkinlik indeksini e’lon qiladigan «Naslediye» fondi xalqaro reyting 
agentligining bu boradagi xulosasi e’tiborga sazovor. Bu tashkilot 2000–2007-
yillarda O‘zbekistonda erkinlashtirish indeksi 18 punktga yaxshilanib, 53 
foizni tashkil qilganini e’tirof etgan edi. 2011-yilda esa «Gallup International» 
tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov tadqiqotlariga ko‘ra, 
O‘zbekiston aholisi hayotdan mamnun bo‘lib yashash bo‘yicha ancha yuqori 
mavqeda ekan. O‘zbekiston bu borada 13 o‘rinda turishi e’tirof etilgan. Ya’ni 
mamlakatimizda baxtiyorlik indeksi 62 foizni tashkil qilar ekan. 
Hech shubhasiz, bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotimizni erkinlashtirish 
sohasida sezilarli darajada rivojlanishga erishganimizdan dalolat beradi. 
Nufuzli xalqaro tashkilotning ushbu e’tirofi mamlakatimizda izchil olib 
borilayotgan iqtisodiy islohotlar, mustaqillikning ilk davridanoq belgilab 
olingan qat’iy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning sobitqadamligi bilan bog‘liq 
bo‘lib, «O‘zbek modeli»ning hayotiyligini yana bir bor isbotladi.
Yuqoridagi e’tirof, shubhasiz, O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar 
mamlakati ekanligini tasdiqlaydi. Ulardan oqilona foydalanishda hamjihatlik, 
ahillik va mehr-oqibat muhiti zarurligini anglashimizning o‘zi mustaqillik, 
sobitqadamlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti 
hisoblanadi. 


 171

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling