Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bosqichlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonning ijtimoiy bozor iqtisodiyotida quyidagi muhim elementlarga e’tibor qaratildi
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bosqichlari. Davlatimiz rahbari
Islom Karimov: «Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmog‘i lozim» 1 , – degan edi. Yurtboshimiz Shvetsiya, Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlar tajribasiga tayanib, kafolatlangan ijtimoiy himoya mexanizmi yaratilsagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda iqtisodiyotni isloh qilish zarurligini ta’kidlaydi. Chunki: ¾ ijtimoiy siyosat aholi moddiy ahvolining keskin yomonlashib, ommaviy ravishda qashshoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat; ¾ ijtimoiy siyosatning ijtimoiy himoyalanish vositalarini chuqurlashtirish va o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirishdan iborat; ¾ ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari faqat shunday himoyaga haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bozor munosabatlarini 1991–2000-yillarda shakllantirishning ijti- moiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari: ¾ fuqarolarning mehnat qilish borasidagi konstitutsiyaviy huquq- larini ta’minlash; ¾ ijtimoiy himoyalash maqsadli va aniq yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; ¾ aholining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalarini qo‘llab- quvvatlash; ¾ iqtisodiy jihatdan faol aholi mehnatini rag‘batlantirish; ¾ real mehnat bozorini shakllantirish; ¾ ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at, ilm- fanning rivojlanmay qolishiga yo‘l qo‘ymaslik. Insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni yuzaga chiqarib, kundalik hayotda «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da mustahkamlangan me’yorlarni izchilik bilan, og‘ishmay qaror toptirish maqsadida O‘zbekistonning ijtimoiy bozor iqtisodiyotida quyidagi muhim elementlarga e’tibor qaratildi: ¾ kishilar farovonligini oshirishni ta’minlaydigan pirovard natijaga erishishga qaratilgan ijtimoiy yo‘nalish; 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ, ɦɚɮɤɭɪɚ. Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 65. 157 ¾ iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etish bilan mehnatga layoqatli aholini ish bilan yetarli darajada ta’minlangan holda makroiqtisodiyotni o‘stirish o‘rtasidagi teng nisbat; ¾ qiymat, talab va takliflar qonunining amal qilishi asosida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ishlab chiqarishdan eng ko‘p samara olish yo‘lini izlashga undashni ta’minlovchi bozor mexanizmidan foydalanish asosida iqtisodiy boshqarish; ¾ ishlab chiqarishning bevosita davlat tomonidan boshqarilishidan uzoqlashish, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda, faoliyat turini, yetishtiriladigan mahsulot hajmini va xilini, ishlab chiqarish xo‘jalik aloqalarini aniqlash erkinligini tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘ziga berish; ¾ investitsiya siyosatining ustuvor jihatlarini tanlashda va chet el sarmoyasini jalb etishda maqsadga muvofiq shartlarni joriy etish, iqtisodiy dastaklar va rag‘batlardan foydalanish, ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash yo‘li bilan iqtisodiyotni boshqarishda davlatning faol rolini saqlab qolish. Mana shunday sharoitda respublika oldida turgan asosiy masala bir tizimdan ikkinchi bir tizimga o‘tishda odamlarning yashash darajasini og‘irlashtirmaslik edi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov «Mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo‘lib, sobiq Ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo‘lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaganini» 1 qayd etadi. Ma’lumki, SSSR parchalanib ketganidan keyin sobiq sovet hududida juda keskin va tahlikali vaziyat yuzaga keldi. Bu esa boshboshdoqlikning 1 Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling