Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi
va islohotlar strategiyasi 
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi deganda 
totalitar iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qonun-
qoidalari va uning O‘zbekistondagi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar 
majmui tushuniladi. Bu konsepsiya umumlashgan holda Prezident Islom 
Karimovning risolalari, maqolalari va nutqlarida, asarlarida, mamlakat 
Oliy Majlisi qabul etgan qarorlar va qonunlarda, o‘zbekistonlik olimlar va 
mutaxassislarning asarlarida atroflicha ishlab chiqildi. Bu konsepsiya 
umumlashgan holda Islom Karimovning «Istiqlol yo‘li: muammolar va 
rejalar» (1992), «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992),
«O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» (1993), 
«O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari» (1993), 
«O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995), 
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: ... » (1997), «O‘zbekiston XXI asrga 
intilmoqda» (2000), «Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlash-
tirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» (2005), 
«Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir» 
(2007), «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida» (2007), 
«Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» (2008), «Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi», «O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari 
va choralari» (2009), «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va 
xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» (2010), «Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi» (2010), «O‘zbekiston mustaqillikka erishish 
ostonasida»
(2011), «Bizning yo‘limiz demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish 
yo‘lidir» (2011) asarlarida bayon etilgan va mamlakatimiz iqtisodiy 
tafakkur tarixida o‘ziga xos sahifa bo‘lib, shubhasiz erkin ilmiy 
izlanishlar mahsulidir. Yuqoridagi asarlarda bildirilgan fikr-muloha-
zalarni milliy mustaqillik nazariyasining ajralmas qismi deb qarash zarur, 
chunki iqtisodiyotni rivojlantirmay turib milliy mustaqillikni ta’minlash 
mumkin emas. Shuningdekmazkur asarlar iqtisodiyot nazariyasi 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling