Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
fanining rivojlanishida muhim metodologik manba bo‘lib xizmat
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yo‘llari 2
fanining rivojlanishida muhim metodologik manba bo‘lib xizmat
qilmoqda. 153 O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi real iqtisodiy sharoitdan kelib chiqqanligini hayotning o‘zi isbotladi. Gap shundaki, O‘zbekiston, birinchidan, sotsialistik iqtisodiy tizim sharoitida, ikkinchidan, esa Sovet imperiyasi tarkibida rivojlandi. Bu esa uni qoloqlikka mahkum etdi. O‘zbekiston resurslarga boy mamlakat bo‘la turib, iqtisodiy taraqqiyotda ko‘pgina Sharq mamlakatlaridan orqada qolib ketdi. 1990-yili aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 75– 80 o‘rinni egalladi, ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, uning strukturasi, tarkibining yangilanishi, ya’ni diversifikatsiyasi jihatidan dunyo talablaridan ancha orqada qoldi. Mustaqil O‘zbekiston iqtisodiy yangilanishga muhtoj edi, buning uchun esa bozor munosabatlarini yaratish kerak bo‘ldi. Butun dunyo tajribasi ko‘rsatganidek, iqtisodiy yuksalish uchun bozor munosabatlariga o‘tishdan boshqa najot yo‘li yo‘q. Prezident Islom Karimov «jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatidan yangi yo‘llarini ishlab chiqdi, tartibga solingan bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asoslanib olingan»ligini ta’kidlaydi. Ammo bu yo‘lning hamma yerda o‘ziga xos xususiyatlari borligini, O‘zbekiston konsepsiyasi mana shundan kelib chiqadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘li borligini ko‘rsatadi 1 . Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yo‘llari 2 : Rivojlangan mamlakatlar yo‘li – bu yo‘l asrlar osha tarixiy-tabiiy jarayon sifatida amalga oshib, uzundan-uzoq davom etgan o‘zgarishlar orqali bozor iqtisodiyotiga xos belgilar yuzaga keladi. Bu yo‘l – bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos klassik shakllanish jarayonidir. Mustamlakadan ozod bo‘lib mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘li – ikkinchi yo‘lga xos muhim tomon – bu mustamlakachilikdan meros qolgan qoloq an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo‘jalik turlarining transformatsiyasi orqali ro‘y beradi. Natural xo‘jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo‘jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o‘sib chiqadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li – uchinchi yo‘lning muhim belgisi – totalitar iqtisodiy tizimdan erkin bozor tizimiga o‘tish hisoblanadi. Totalitar tizim davlatlashgan sotsializm shaklida amal qilgan. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. – Ȼ. 22. 2 ȸɥɦɚɫɨɜ Ⱥ., ȼɚΣɨɛɨɜ Ⱥ.ȼ. ɂԕɬɢɫɨɞɢɣ ɧɚɡɚɪɢɹ: Ⱦɚɪɫɥɢɤ. – Ɍ., 2006. – Ȼ. 88–89. 154 Unga davlat mulkining tanho hukmronligi, iqtisodiyotning o‘ta davlatlashgan bo‘lishi, moddiy ne’matlarni davlat bir tekisda taqsimlashi, xususiy-iqtisodiy faoliyatning man etilishi, tadbirkorlikni bo‘g‘ib qo‘yib, mahalliy tashabbusga yo‘l bermaslik, eksport-importni qattiq nazorat qilish, iqtisodiyotning o‘ta harbiylashgan bo‘lishi xosdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yangi huquqiy tizimning o‘zagini Asosiy qonun – respublika Konstitutsiyasi tashkil etadi. Shu bois ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish – bu faqat o‘tish davrining majburiy sharti bo‘lib qolmay, balki huquqiy davlat barpo etishning o‘ziga xos xususiyati hamdir. Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanishi, unga xos bo‘lgan faoliyat qoidalari, iqtisodiy munosabatlar qabul qilingan huquqiy qonunlarda qayd etilishi zarurligi O‘zbekiston konsepsiyasida hisobga olinadi. Qabul qilingan amaldagi qonunlar tarkibida, bozor munosabatlarini tartiblovchi, ularning ma’lum yo‘nalishda bo‘lishini ta’minlovchi va iqtisodiyotga oid qonunlar alohida o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari: «Yaxlit bozor tizimi vujudga kelishi uchun uning turli tomonlariga oid barcha qonunlar o‘zaro muvofiqlashgan bo‘lishi shart. Qonunlardagi nomuvofiqliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», – deb ta’kidlagani barchamizga ma’lum. Darhaqiqat, qonunlar barcha faoliyat turlarining uzviy bog‘lanishiga xizmat qilganda haqiqiy bozor munosabati kelib chiqadi. Mustaqillik yillarida qonunlarni amalga oshirish, ularni ta’sirchan qilish uchun zarur bo‘lgan barcha dastak va vositalar yaratilishiga erishildi. Amaldagi qonunlar biz intilayotgan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy negizini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Prezident Islom Karimov mukammal qonunlarsiz bozor iqtisodiyoti amal qila olmasligini inobatga olib: «Ijtimoiy yo‘naltirilgan madaniy-ma’rifiy bozor xo‘jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan ta’minlamasdan turib bunday xo‘jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi» 1 , – deb ta’kidlaydi. Bozor iqtisodiyotiga xos huquqiy tizim va huquqiy davlatni barpo etish tamoyillari: ¾ qonunlarning hayot, amaliyot bilan uzviy bog‘liqligi va undan kelib chiqishi; ¾ qonun hujjatlari bevosita ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lishi kerak; ¾ qonunga bo‘ysunish huquqiy davlatning muhim xususiyatidir; 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. – Ȼ. 67. 155 ¾ qonunning ustuvorligini ta’minlash; ¾ huquqiy madaniyat yuqori darajada bo‘lishi kerak. Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezident Islom Karimov «bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o‘zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur»ligi vazifasini qo‘ydi. Davlat iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: ¾ bozor iqtisodiyoti huquqiy asoslarini ta’minlash; ¾ bozor mexanizmi yaxlitligi va uning me’yorida ishlashi uchun shart-sharoit yaratish; ¾ aholini iqtisodiy jihatdan himoya qilish va daromadlarini adolatli taqsimlash; ¾ atrof-muhitni muhofaza etish; ¾ xalqaro iqtisodiy munosabatlarning samarali rivojlanishini ta’minlash. Bunda (1991–2000-yillar) davlatning iqtisodiy vazifalari: ¾ tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo‘nalish- larini ishlab chiqish ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategik yo‘lini belgilaydi va bu boradagi taktik xatti-harakatlarni amalga oshiradi; ¾ bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy erkinliklarning kafolati vazifasini o‘taydi; ¾ bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug‘diradi; ¾ vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tuzilmalari qaror topishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi; ¾ aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatni amalga oshiradi (ustuvor yo‘nalishlarni aniqlaydi); ¾ hamma ma’lum iqtisodiy vositalar – moliya, kredit, soliq, valuta siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazishning choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi; ¾ iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etadi. O‘zbekiston konsepsiyasida Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘zining barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish» zarurligini ko‘radi va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bosqichlarini belgilab 156 berdiki, bu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash sharti bo‘lib xizmat qildi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling