Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɂɫɬɢԕɥɨɥ ɣʆɥɢ: ɦɭɚɦɦɨɥɚɪ, ɪɟɠɚɥɚɪ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 
1992. – Ȼ.11. 


 150
Prezident Islom Karimov bozor munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi 
bo‘lmagan, betakror yaxlit andozamizni ishlab chiqdi va o‘z yo‘limizni 
belgilab berdi. Bu yo‘l uch tarkibiy qismdan iborat: 
¾ ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi 
mohiyatining tavsifi (xarakteristikasi); 
¾ qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan 
xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo‘liga o‘tishning 
eng muhim prinsiplari;
¾ iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib 
olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni 
ta’minlashning aniq yo‘nalishlari. 
Bu uch tarkibiy qism, ya’ni yangi dasturning eskilaridan farqi 
nimada, degan savolga Prezident Islom Karimov «Istiqlol yo‘li: muam-
molar va rejalar» risolasida (1992) quyidagicha javob bergan: «Birinchi-
dan, unda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘liq aks 
etgan. Ikkinchidan, bu dastur xom xayol gaplardan iborat emas, balki 
jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari xususida»dir.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini 
izlagan, yangi jamiyat barpo etish borasida o‘z milliy andozasini ishlab 
chiqqan. Bunda ilk poydevor vazifasini: 
¾ kishilarning o‘z qadriyatlari tizimi va aniq maqsadni ko‘zlab 
tutilgan yo‘li; 
¾ milliy an’analar va tarixiy shart-sharoit; 
¾ real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit; 
¾ odamlarning tarkib topgan turmush tarzi va dunyoqarashi o‘tagan. 
«O‘zbekiston yo‘li» Islom Karimov bozor islohoti yuzasidan olg‘a 
surgan besh tamoyilga asoslanadi. Ularning mohiyati quyidagicha: 
Iqtisod siyosatga nisbatan ustuvor bo‘lishi zarur – bu qoida iqtisodiy 
faoliyat ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiyot qanday bo‘lsa, ijtimoiy hayotning boshqa tomonlari ham 
shunga yarasha bo‘lishini tarix tasdiqlagan. 
Davlat bosh islohotchi bo‘lmog‘i kerak – bu bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish uchun zarur bo‘lgan islohotlar keng jamoatchilik ishtirokida, davlat 
ishlab chiqqan dasturlar asosida, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida 
amalga oshiriladi. 
Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi – bu tamoyil qonunlar 
oldida barchaning baravarligi, qonunlarga rioya etish, hamma uchun ham 


 151
farz, ham qarz bo‘lishini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka 
tayanishi, unga xos bo‘lgan faoliyat qoidalari, iqtisodiy munosabatlar, 
qabul qilingan huquqiy qonunlarda qayd etilishi zarurligi O‘zbekiston 
konsepsiyasida hisobga olinadi.
Faol ijtimoiy siyosat yurgizish – O‘zbekiston konsepsiyasida 
aholining keng qatlamlari, eng avval uning nochor guruhlarining ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish zarur, deb qaraladi. 
Himoyalash dasturlari aholining ruhiyati va ko‘nikmalarini e’tiborga 
olishi zarur. 
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish – totalitar tizim o‘z-
o‘zidan bozor tizimiga aylana olmaydi, uni faqat chuqur isloh qilish 
bilangina bozor tizimiga o‘tish mumkin. Tarixda hech qachon bir 
iqtisodiy tizimdan boshqasiga o‘tish birdaniga, qisqa vaqt ichida va 
farmon e’lon qilgan bilan bo‘lmaydi. 
Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos 
qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi. 
Bu beshta qoidaga o‘z munosabatini Germaniyaning sobiq kansleri 
Gelmut Kol shunday bildirdi: «Davlat rivojining besh tamoyilini ishlab 
chiqib, uni qo‘rqmay olamga e’lon qilayotgan yangi davlatning rahbari 
tutgan yo‘l muvaffaqiyatning garovidir»
1
.
Bu qoidalar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan 
holda izchillik bilan shakllantirib borishni, unga sekin-asta, bosqichma-
bosqich, xalqni himoya qilib borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash 
orqali bozor iqtisodiyotiga o‘tishni bildiradi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Faqat farmonlar, farmoyishlar 
chiqarish bilan bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. U uzoq tarixiy 
taraqqiyotning natijasi bo‘lib, tegishli infrastrukturani va huquqiy asosni 
yaratishgina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur 
o‘zgarishlarni, xo‘jalik faoliyati va amaliy munosabatlarni asoslashni ham 
ko‘zda tutadi»
2
, – deb ta’kidlagan. 
Mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan davr ichida O‘zbekiston 
Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lining salmoqli qismini bosib o‘tdi. 
Iqtisodiy va siyosiy tizimni yanada isloh qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
1
ɒɚɪɢɮɯʆɠɚɟɜ Ɇ. ɂɫɬɢԕɥɨɥ ɢɫɬɢԕɛɨɥɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1994. – 
Ȼ. 66. 
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ, ɦɚɮɤɭɪɚ.
Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 315.


 152
bozor iqtisodiyotini barpo etish, ichki va tashqi siyosatni shakllan-
tirishning puxta bazasi yaratildi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling