Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI
1. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga borishdagi o‘z taraqqiyot yo‘li XX asrning so‘nggi o‘n yilligi jahon tarixiga ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining jug‘rofiy-siyosiy (geopolitik) tuzilishida tub o‘zgarishlar davri bo‘lib kiradi. Jahon yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrning o‘ziga xos belgilari, bir tomondan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikning kuchayishi, yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalqaro me’yorlar (normalar), qoidalar va andozalarga o‘tish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerning yemirilishi, totalitar tuzumlarning tugatilishi, unitar tizimlar o‘rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir. Yer kurrasining oltidan bir qismida tub islohotlar davom etmoqda. «Bu esa yangi tuzilgan mustaqil davlatlarda davlat qurilishi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish muammolari mintaqalarning doiralaridan tashqari chiqib, haqli ravishda umumjahon tusini olganidan yaqqol dalolat beradi. Sobiq sotsialistik va boshqa mamlakatlar voqeligi keltirib chiqargan yangi hodisalar, munosabatlar va jarayonlar XX asrning 90-yillaridan boshlab an’anaviy tushunchalarga mos kelmay qolganligi yaqqol ko‘rindi. Mulkchilik, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish omillari, boshqarishning bozor va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi va ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyati kabi boshqa tushunchalar umuman yangi mazmun kasb etmoqda. 146 Bozor islohotlari – xalq ishtirokida, lekin davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarining davlat nazorati ostida amalga oshirilishidir. Islohotlarning quyidagi turlari mavjud: mulkiy munosabatlar islohoti; agrar islohot; moliya-kredit tizimi islohoti; ijtimoiy islohotlar; tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; huquqiy islohotlar. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston jahon tajribasini rad etmagan holda, ijtimoiy taraq- qiyotning o‘ziga xos va mos yo‘lini ishlab chiqdi va shu yo‘ldan dadil bormoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling