Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bozor segmentatsiyasi deganda ma’lum belgi-alomatlar va savdo-
sotiqning shart-sharoitiga qarab bozorni har xil bo‘g‘in (qism)larga 
ajratish, tabaqalash tushuniladi. Segment – bu bozorning kichik bir qismi. 
U yerda xaridorlarning guruhi cheklangan bo‘ladi. Ularga ma’lum turdagi 
tovarlar sotiladi. 
Bozorni segmentlarga ajralishiga ikki narsa sabab bo‘ladi: 
– mehnat taqsimoti chuqurlashib, g‘oyat xilma-xil tovarlar ishlab 
chiqarilishi va ularning ma’lum guruh iste’molchilarga mo‘ljallangani; 
– iste’molchilarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular 
talabining farqlanishi. 
Bozorning segmentlarga ajratish mezonlari g‘oyat ko‘p. Masalan, bir 
segment uchun aholining xarid qobiliyati ustuvor bo‘lsa, boshqa segment 
uchun raqobatning bor yoki yo‘qligi muhim belgi bo‘ladi. 
Segmentlar hududiy va ijtimoiy-demografik mezonlarga qarab 
ajratiladi. Hududiy segment quyidagi mezonlarga ega: 
aholining soni va zichligi
– transport va aloqa shoxobchalarining mavjudligi va rivojlanish 
darajasi; 
– tabiiy iqlim sharoiti; 
– tijorat ishining asosiy yo‘nalishi va uning qaysi toifa kishilarga 
xizmat qilishi; 
iqtisodiyotning umumiy ahvoli
– inflatsiya darajasi; 
– bozor infratuzilmasining mavjudligi va boshqalar. 


 142
Ijtimoiy-demografik segment quyidagi mezonlarga ega: 
– iste’molchi xaridorlarning yoshi, jinsi; 
– iste’molchi xaridorlar tarkibidagi ishlovchilar, o‘quvchilar va 
nafaqalarning salmog‘i; 
– iste’molchi xaridorlarning bilim darajalari, saviyasi
– aholi pul daromadining darajasi; 
– oila va uning tarkibi; 
aholining kasb-kori, irqi va millati; 
– aholi tarkibi kabilar. 
Bozor segmentlari aholining urf-odati, rasm-rusumi, turmush tarzi va 
qaysi bir tovarni afzal ko‘rishiga qarab ham ajraladi. Segmentlarga 
ajralish muayyan tovarlarga nisbatan ham yuzaga keladi, masalan, kiyim-
kechak bozorida: bolalar kiyimi, erkaklar kiyimi, ayollar kiyimi, yoshlar 
kiyimi, qariyalar kiyimi bozorlariga ajraladi. 
Bozor segmentatsiyasi orqali tovarlarni kam sarf-xarajatlar bilan 
yuqori narxda sotish imkoni yaratiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling